Rossiya terma jamoasi sobiq azosi: "Rossiya OFK tarkibiga o'tmasligi kerak - biz Evropaning bir bo'lagimiz. U erda nima qilamiz?"
04 fev 12:24
Yangiliklar
Rossiya terma jamoasi sobiq azosi: "Rossiya OFK tarkibiga o'tmasligi kerak - biz Evropaning bir bo'lagimiz. U erda nima qilamiz?"
"Osiyoga o'tish mavzusida ikki yildan buyon gaplashyapmiz va men birinchilardan bo'lib, bu noto'g'ri fikrligini aytganman.
Birinchidan, u erga bizni olishlari kafolat yo'q. Xo'sh, unda Afrikaga murojaat qilishimiz kerak bo'ladimi?!
Ikkinchidan, u erda nima qilamiz? Boshqa tomondan: biz keyin hech qachon Evropaga qayta olmaymiz, uyoqdan-buyoqqa sakrayverilmaydiku.
SHuning uchun fikrimda qolaman, Rossiya futboli Osiyoga ketishi kerak emas, sabr qilib, barchasi o'z iziga tushishini kutish kerak.
Biz – Rossiya, kattagina aholiga ega mamlakatmiz. Va biz Evropaning bir bo'lagimiz!" – dedi Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy.
Eslatib o'tamiz, futbolchilik davrida Mostovoy Ispaniyaning "Selta" klubi safida muvaffaqiyatli to'p tepgan va jamoa sardori, klub tarixida yorqin iz qoldirgan futbolchilardan biri hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar