"Rossiya klublari O'zbekiston terma jamoasi azosini bepul qo'lga kiritishni xohlashmadi"
02 fev 2024 11:54
Yangiliklar
"Rossiya klublari O'zbekiston terma jamoasi azosini bepul qo'lga kiritishni xohlashmadi"
Ayni paytda Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Otabek SHukurov borasida xabar paydo bo'ldi.
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov Rossiya premer-ligasining bir qator klublariga taklif qilingandi, ammo ular 27 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishmadi. Bu haqda rossiyalik jurnalist Konstantin Belov o'z telegram kanalida malum qildi.
"SHukurov 2024 yil yanvar oyidan buyon erkin agent hisoblanadi. Uning oxirgi klubi "Fatih Karagyumryuk" bo'lgandi. Bu mavsumda o'zbekistonlik futbolchi 15ta o'yinda 1ta assist qayd etgandi. Transfermarkt portali uni 2,5 million evroga baholamoqda.
Tajribali futbolchini bepul qo'lga kiritishni hech qaysi klub xohlamagani hayratlanarli. Ko'ramiz, balki qaysidir klub yaxshiroq o'ylab ko'rar", - deb yozadi muallif.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar