Ronalduning agenti sud oldida javob beradi
06 sen 2017 18:14
Yangiliklar
Ronalduning agenti sud oldida javob beradi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh futbolchining soliq to'lamaganligi ishi borasida ko'rsatma beradi.
Mendesh va yana ikki maslahatchi Luis Korreyya va Karlos Osorio 19 oktyabr kuni sud qarshisida javob berishadi.
Mendesh iyun oyida shunga o'xshash ish borasida sudga borgan edi, biroq uning boshqa mijozi - Radamel Falkao ishi edi.
Eslatib o'tamiz, iyul oxirida Krishtianu Ronaldu sudda ko'rsatma berdi. Futbolchi 2011-2014 yillarda 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda. Prokuraturaning fikricha, Ronaldu imij huquqlaridan olgan daromadini yashirish maqsadida maxsus biznes-tuzilmadan foydalangan.
Fikrlar