Ronaldu: "SHaxsiy yutuqlardan ko'ra jamoaviy erishilgani qadrliroq bo'ladi"
06 apr 2022 20:05
Yangiliklar
Ronaldu: "SHaxsiy yutuqlardan ko'ra jamoaviy erishilgani qadrliroq bo'ladi"
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"da oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olgani haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik futbolchi Premer-ligada oyning eng yaxshi gol muallifi sifatida ham tan olindi.
"SHaxsiy yutuqlar har doim mamnuniyat bilan qabul qilinadi, ammo sovrinlar jamoaviy g'alabalar bilan bog'liq bo'lsa, yanada qadrliroq bo'ladi.
Mavsum yakuniga qadar hali ko'p kurashish lozim va biz erishish mumkin bo'lgan maqsadlardan voz kechmasligimiz kerak.
Eng yaxshi gol va oyning eng yaxshi futbolchi sovrini uchun ovoz berishda ishtirok etgan barchaga rahmat. Biz ko'proq yutuqlarga erishishga harakat qilamiz. Oxirgi nafasimizgacha kurashishni istayman. Olg'a, "iblislar!" – deb yozdi "Manchester Yunayted" hujumchisi Instagram sahifasida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar