Ronaldu rekordlarni emas, rekordlar Ronalduni quvlab yuradi
28 avg 2024 13:54
Yangiliklar
Ronaldu rekordlarni emas, rekordlar Ronalduni quvlab yuradi
Portugaliyalik futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu "YouTube" videoservisida o'zining rasmiy kanalini ochganidan xabaringiz bor.
21 avgust kuni birinchi videosini joylab muxlislarni o'z kanaliga chorlagan Ronaldu 1 soat ichida 1 million obunachiga ega bo'lgan edi. Krishtianu bu borada yana bir rekordni o'rnatdi.
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi sardori "YouTube"da 24 soat ichida eng ko'p obunachi yig'ish borasida insoniyat tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning kanali 24 soat ichida 19 mln 729 ming 827 nafar obunachini to'pladi.
Ayni paytga kelib 6 kun ichiga kanalning kuzatuvchilari 49.9 mln nafarga etdi. Bu raqam bugunning o'zida 50 millionga etishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar