Ronaldu "Real"dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi
09 iyu 2017 17:12
Yangiliklar
Ronaldu "Real"dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini "Qirollik klubi"da davom ettiradi.
32 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar"ni tark etishi mumkinligi portugaliyalik soliq to'lamaslikda ayblanganidan so'ng paydo bo'lgan edi.
Biroq malumotlarga ko'ra, portugaliyalik forvard Madrid klubida qolishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 2011-2014 yillar oralig'ida 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblagan edi.
Oldinroq xabar qilinganidek, futbolchi 31 iyul kuni Ispaniya sudi qarshisida ko'rsatma beradi.
Fikrlar