Ronaldu navbatdagi sovringa ega bo'ldi
04 noy 2017 08:26
Yangiliklar
Ronaldu navbatdagi sovringa ega bo'ldi
Real hujumchisi Krishtianu Ronalduga IFFHS (Xalqaro futbol federaciyasi va statistikasi) talqiniga ko'ra 2016 yilning eng yaxshi to'purari sovrini topshirildi.
Bu sovrinda futbolchilarning klub va terma jamoa safidagi xalqaro o'yinlarda urgan gollari inobatga olinadi.
2016 yil Ronaldu 24ta gol urdi (Real safida 11ta va Portugaliya safida 13ta). Undan keyingi o'rinlarda Lionel Messi (21) va Edinson Kavani (16) joy olgan.
SHu tariqa, Ronaldu IFFHS sovrinini uchinchi marta (2013, 2014 va 2016 yil) qo'lga kiritdi. Messi hisobida ikkita sovrin bor.
Fikrlar