Ronaldu Messi va Neymar undan ko'p maosh olayotganini hazm qilolmayapti
18 dek 2017 10:56
Yangiliklar
Ronaldu Messi va Neymar undan ko'p maosh olayotganini hazm qilolmayapti
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanmoqchi va "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresga o'z talablarini elon qilmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi va Neymar undan ko'p maosh olayotganini hazm qilolmayapti. Messi Kataloniya klubi bilan shartnomasini uzaytirganidan so'ng, uning yillik maoshi 50 mln. evro bo'ldi. Ronalduning fikricha, uning faoliyatidagi beshinchi "Oltin to'p" kattaroq daromadga imkon beradi.
Ronaldu va "Real" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Demak, forvard 36 yoshigacha "qaymoqranglilar" sharafini himoya qiladi. OAVning malum qilishicha, Ronaldu so'nggi marotaba yangi shartnomaga imzo chekkanidan keyin juda katta daromad topmoqda, ammo portugaliyalik bundan qoniqmayapti. U kamida Messi kabi maosh olmoqchi.
Fikrlar