Ronaldu: "Markaziy hujumchi sifatida ko'rinishim mumkin, ammo hech qachon shu rolda bo'lmayman"
14 avg 2017 16:41
Yangiliklar
Ronaldu: "Markaziy hujumchi sifatida ko'rinishim mumkin, ammo hech qachon shu rolda bo'lmayman"
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu hech qachon markaziy hujumchi rolida o'ynamasligini aytdi.
"Bazida markaziy hujumchi sifatida ko'rinishim mumkin, ammo hech qachon bu rolda bo'lmayman. Men hozir "Sporting" yoki "Manchester Yunayted"dagi futbolchi emasman. U erda dribling qilib, jarima maydonchasiga to'p uzatadigan toza qanot o'yinchisi edim. Ammo keyinroq futbolni boshqacha tushuna boshladim. Gol urishim uchun raqib darvozasiga yaqinroq joyda o'ynashim kerak, biroq menga ko'proq erkinlik lozim" - deydi Ronaldu.
Fikrlar