So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

Ronaldu ketgani Beyl va Benzema "ochilishiga" sabab bo'ldimi? Yangiliklar

Ronaldu ketgani Beyl va Benzema "ochilishiga" sabab bo'ldimi?

Teglar :  Real Madrid
"BB"ga o'tgan mavsumlarda bo'lgani "S"ning kuchli bosimisiz, ajoyib o'yin ko'rsatishmoqda.

Garet Beyl va Karim Benzema mavsum boshida xuddi elkasidan "tog'" olib tashlangan atletga o'xshab ketishmoqda. So'ngi yillarda uelslik va francuz jamoada ikkinchi darajali rollarni ijro etayotgandi. Ammo endi "Real"da Ronaldu yo'q va jamoa hujumi butkul o'zgacha ko'rinish hosil qilgan. Xayron qolish mumkin, lekin CR7 bilan bo'lgandan, yomonroq emas.

Krishtianu Ronaldu har mavsum o'rtacha 50 tadan gol urardi, va qolganlar yozilmagan qonun bordek, unga bu ishda bor kuchlari bilan ko'maklashishardi. Bunday taktika ish berayotgandi, har holda so'ngi besh yilda "Real" 4 bor CHempionlar Ligasida zafar quchdi, Ronaldu esa muntazam musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.


Biroq, kutilmaganda, Ronalduning "Yuventus"ga o'tib ketgani va Zidanning bosh murabbiylikdan ketishini elon qilganidan keyin, klubda yangi davr boshlangani va ko'p narsalarni yangilash vaqti kelgani kundek ravshan edi. "Real" bunga labbay deb javob berdi va o'zgara boshladi. "Qaymoqranglilar" boshqaruvni qo'lga olgan Lopetegi tanqid va etirozlarga qaramay, Garet va Karimni hujumdagi asosiy figuralarga aylantirishga kirishdi - hozircha uning "ketmoni uchmoqda".

Benzema Ispaniya chempionatida o'zini ko'rsata olmagani sabab keskin tanqidlarga uchradi (31 ta o'yinda 5ta gol), Beyl esa yana o'sha asosiy raqibi - jarohatlar bilan kurashishdan ortmadi. Mashhur "VVS" uchligi birgalikda juda kam gol o'tkazishdi va undanda muhimrog'i, ular birga harakat qilganda ham ko'pincha natija muxlislar istagandek bo'lavermadi. Ispaniyaning "AS" nashri malum vaqt bu abbreviaturani "bbC" ko'rinishida yozdi. Etibor berganingizdek, bu ochiqchasiga Beyl va Benzemaga otilgan tosh edi.

Ammo CHempionlar Ligasining Kievdagi finaldan so'ng uchlik nomini "BBc" ko'rinishida yozsa to'g'riroq bo'ladigan bo'lib qoldi. Francuz va Uels termasi sardori ajoyib o'yin o'tkazishdi, Ronaldu esa o'z darajasida o'ynay olmadi. Takidlash lozim, aynan o'sha uchrashuv Krishtianuning "Qirollik klubi" safidagi oxirgi o'yini bo'lib tarixga kirdi.

Yangi mavsum endigina boshlandi, hali ko'p o'yin o'tkazishga ham ulgurilmadi, ammo Beyl va Benzema "o'ziga o'xshamayotgani"ni ko'pchilik sezib ulgurdi. Har ikki futbolchi avvalgi mavsumlar etishmayotgan narsa: o'z kuchlariga bo'lgan ishonchga ega bo'lishgandek. Garet chempionatning qatorasiga ettinchi o'yinida gol urmoqda - bu uning faoliyatidagi eng yaxshi natija, Benzema esa faoliyatidagi mavsumning eng omadli startini o'tkazmoqda - La Liganing 3 o'yinida 4 ta gol.

Kuni-kecha "Leganes"ga qarshi bellashuvda Beyl va Benzema yana o'zlarini ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi. Garet bitta, Karim ikkita golga muvaffaq bo'ldi.


Portugaliyalikning jamoadan ketishi, "Real" uchun shubhasiz katta yo'qotish. SHu o'rinda, "Real" Superkubok uchun bahsda mag'lub bo'lganini va dastlabki turlardagi jamoalar top-klub uchun oson raqibligini ham unutmaslik lozim. Ammo nima bo'lganda ham, Lopetegi jamoaga o'z o'yin uslubini singdira olmoqda.

Top chempionatlarda 3 tadan tur ortda qoldi, ammo Ronaldu hamon "keksa senora" safida gol ura olmayapti. Lekin jamoa muxlislari xavotir olishmasa ham bo'ladi, Ronalduning gollari vaqti keladi, bu har mavsum takrorlanayotgan holat.

"Real"da esa Beyl va Benzemaning davri kelganga o'xshaydi, har holda Ronaldu ketgach, bu futbolchilar har o'yin nimadir qilishmoqda.

O'z-o'zidan fikr paydo bo'ladi, Peres ayni vaqtida Krishtianuni sotib yubordimi?


sports.ru saytidan tarjima

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика