Ronaldu: "Gollardan xursandman, ammo menga jamoaning g'alabasi muhim"
26 fev 2023 16:37
Yangiliklar
Ronaldu: "Gollardan xursandman, ammo menga jamoaning g'alabasi muhim"
"Al Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Damak" darvozasiga uchta gol urgandan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Xursandman, juda ham xursandman. Ammo asosiysi - jamoaning g'alabasi. Jamoa bugun aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirdi. Gollarim muhim, ammo eng keraklisi - jamoaning g'alabasi.
Endi jamoaga yanada yaxshiroq moslashib oldim. Yangi jamoadagi dastlabki besh, olti, etti o'yin oson o'tmaydi. Biroq hozir jamoaning harakatlarini, jamoadagilar mening harakatlarimni tushunib olishmoqda. Qadam va qadam oldinga harakat qilyapmiz. Biz yanada yuqori darajaga chiqa olamiz. Bu men uchun ham muhim", - dedi Ronaldu.
Portugaliyalik futbolchi "Al Nasr"ning so'nggi 10 golida ishtirok etdi: 8 gol va 2 assist.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar