Ronaldu: "Uyim deb atashni o'rgangan mamlakatim bilan birga o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan yo'qotish uchun qayg'udaman"
09 sen 2022 18:44
Yangiliklar
Ronaldu: "Uyim deb atashni o'rgangan mamlakatim bilan birga o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan yo'qotish uchun qayg'udaman"
"Faoliyatimning etti yilini Premer-ligada o'tkazdim va hozir Angliyada sakkizinchi mavsumimni o'tkazyapman. Bu yillar davomida men Buyuk Britaniyaning o'z qirolichasiga bo'lgan cheksiz sevgisini his qildim va Hazrati Oliylarining Britaniya xalqi uchun qanchalik muhimligini va doimo shunday bo'lib qolishini his qildim.
Men uning xotirasiga hurmat bajo keltiraman va bu o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan yo'qotish uchun uyim deb atashni o'rgangan yurtim bilan birga qayg'udaman. Fikrlarim va ibodatlarim Qirollik oilasi bilan", – deb yozdi "Manchester Yunayted" hujumchisi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Premer-liga Elizaveta II vafoti sababli 7-turning barcha o'yinlarini qoldirgandi.
Kecha Buyuk Britaniya qirolichasi 96 yoshida vafot etdi. U 1952 yil 6 fevralda taxtga o'tirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar