So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Ronaldu bilan suhbat, Qatar va KXDRga qarshi o'yinlar – Jaloliddin Masharipovning "Al Nassr"ga qarshi o'yindan keyin fikrlari Yangiliklar

Ronaldu bilan suhbat, Qatar va KXDRga qarshi o'yinlar – Jaloliddin Masharipovning "Al Nassr"ga qarshi o'yindan keyin fikrlari

Elit OCHLning 3-turidan o'rin olgan "Istiqlol" – "Al Nassr" uchrashuvidan keyin o'zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov Championat.asia saytiga kichik intervyu berdi.

– O'yin haqida fikrlaringiz?

– O'yin rejamiz bo'yicha ketayotgan edi. Gol urilgan vaziyatda koncentraciyani biroz yo'qotib qo'ydik. Baribir yaxshi o'ynadik. Kamida durang bo'lishi kerak edi. Goldan keyin ham bizda ikkita vaziyat bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Bunday o'yinlarda o'zi juda kam imkoniyatlar bo'ladi. Keyingi o'yinlarga bor etiborni qaratamiz. 

– Sobiq jamoangizga qarshi o'ynash qanday bo'ldi?

– Bir jamoa ikkiga bo'linib o'ynaydiku. SHunga o'xshash holat. U erdagi yigitlar ham tanish, bu jamoadagilar ham tanish. Hayajon bo'lgani yo'q. SHunchaki, bitta gol ura olmadik. Qolgani yaxshi bo'ldi. 

– Krishtianu Ronaldu bilan gaplashdingizmi?

– Ha, chiqqanimizda meni ko'rib Masha deb baqirdi. SHundan so'ng ozgina salom-alik qildik, tamom. Hammasi tanish yigitlar. Ular meni hurmat qilishadi. 

– Mavzuga biroz aloqasi bo'lmasa ham terma jamoa haqida so'ramoqchi edim. Oldinda bizni juda muhim ikkita o'yin kutib turibdi. Qatar va SHimoliy Koreyaga qarshi. Bu o'yinlar haqida nima deya olasiz?

– Biz uchun shu yil hisobidan va umuman faoliyatimizdagi eng muhim ikki o'yin kutib turibdi. Agar bu uchrashuvlarda yaxshi harakat qilib,  o'zimizga kerak natijani qayd etsak, Jahon chempionati masalasini 90%ga hal qilamiz. SHuning uchun bor etiborimiz aynan shu o'yinlarda bo'ladi. Bu sinovdan eson-omon o'tib olsak, undan so'ng biroz o'zimizni erkin qo'yishimiz mumkin bo'ladi. Hamma yigitlarning hayolida aynan shu o'yinlar. O'zaro guruhimizda ham jarohat olmaslik, o'yinga yaxshi formada etib kelish borasida suhbatlashib turibmiz. Xalqimizni xursand qilish nimyatidamiz.

Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика