Ronaldu: "Agar mening maslahatchilarim muammo yo'q deyishsa, demak ular yo'q"
04 avg 2017 12:43
Yangiliklar
Ronaldu: "Agar mening maslahatchilarim muammo yo'q deyishsa, demak ular yo'q"
"2014 yilda hammasini to'laganman, ammo bundagi ko'p narsani tushunmayman. SHu sababli menda maslahatchilar bor. Agar ular muammo yo'q deyishsa, demak ular haqiqatdan ham yo'q.
Menda yaxshi pul to'lanadigan va o'z vazifasini sifatli bajaradigan eng yaxshi maslahatchilar bor. Jorje Mendesh - o'z ishini ustasi. U futbolchilar uchun yaxshi shartnomalar imzolashga yordam beradi. Bundan tashqari, u bolalarimning cho'qintirgan otasi, unga ko'proq ishonaman" - deydi Ronaldu.
Ronaldu 2011-2014 yillar ichida "imij huquqlari" uchun 14,7 mln. evro soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda. Malumotlarga ko'ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh soliqdan bo'yin tovlash operaciyasi muallifi hisoblanadi. Aynan u 14,7 mln. evroni "cho'ntak"da saqlab qolish sxemasini tuzgan.
Fikrlar