So’nggi yangiliklar

14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  0 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  15 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5

Roman CHernikov: "Jamoa Antaliyada yig'in o'tkazadi. Lobanov va Temirov bilan shartnoma uzaytirildi" Yangiliklar

Roman CHernikov: "Jamoa Antaliyada yig'in o'tkazadi. Lobanov va Temirov bilan shartnoma uzaytirildi"

Odatda turnir jadvalining o'rtmiyonalari qatorida yuradigan "Metallurg" jamoasi ortda qolgan mavsumda Superligada qolish uchun kurash olib bordi.

SHunga qaramay klub to'g'ri yo'ldan borgan holda o'z akademiyasi faoliyatini yo'lga qo'ydi. Endilikda asosiy etibor klub tarbiyalanuvchilariga qaratilishi tabiiy. Ushbu so'zlarimizga "Metallurg" sport direktori Roman CHernikov ham qo'shilgan holda bir nechta savollarimizga javob berib o'tdi.


- Keling suhbatni mavsum yakunlaridan boshlasak...

- Mavsum biz uchun yaxshi boshlandi. Bilasiz jamoamizda ushbu yilda uch nafar murabbiy o'zgardi. Lekin Superligada qolishga muvaffaq bo'ldik. Oldinga intilishda davom etamiz. 

- Jamoa so'nggi yillarda etakchilarga yaxshigina bosh og'riq bo'layotgandi. CHempionatning yuqori o'rindagi jamoalari "Metallurg" bilan o'yinda ochko olishga qiynalardi. Nima uchundir bu mavsum yorqin o'tmadi...

- Aytganimdek murabbiylar o'zgarishi o'z tasirini o'tkazdi. Mavsumning dastlabki qismini yaxshi natijalar bilan yakunladik.  Jamoa o'z o'yinini topib olgandi. Ikkinchi davrada nimadir ro'y berdi. Biroq yakunda ispaniyalik murabbiy jamoani Superligada olib qola oldi. Haqiqatdan ham juda og'ir mavsum o'tkazdik. "Metallurg" oxirgi marotaba qachon bunday mavsum o'tkazganini eslay olmayman. 

- Mavsum o'rtasida natijalar yomon emasdi. Murabbiylar shtabida o'zgarish qilishga nima sabab bo'ldi?

- Ha o'yinimiz yomon emasdi. Ammo jamoa muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qoldi. Ketma-ket mag'lubiyatlar seriyasi qayd etildi. Biz vaziyatdan chiqib ketishga harakat qildik. 

- Klub o'z akademiyasini ishga tushirdi. Bu "Metallurg"ning o'z yo'nalishini o'zgartirishini va ko'proq tarbiyalanuvchilariga tayanishini anglatadimi?

- Ha, o'z yo'nalishimizni o'zgartiramiz. Yoshlarga imkoniyat beramiz. Klubda legionerlar bo'lmaydi. Asosiy etibor o'z tarbiyalanuvchilarimizga qaratiladi. 

- Klub ispaniyalik murabbiylar bilan qanday kelishuvga erishdi? Ularning o'zi taklif bilan chiqdimi yoki "Metallurg" bunda asosiy jonbozlik ko'rsatdimi?

- Ular, rahbariyat barcha bir yoqadan bosh chiqardi. SHuncha yildan beri futbolda, federaciyada ishlayotgan bo'lsam bunday akademiyani ko'rmaganman. Bu akademiyaning ahamiyati va O'zbekistonda yagona ekanligi shundaki, bolalar nafaqat futbolchi sifatida tarbiyalanadi, balki o'rta talim ham olishadi. Buning uchun "O'zmetkombinat"ga rahmat aytamiz. Bunday sharoitga ega akademiya yurtimizda yo'q. Barcha klublarda shunday bo'lishini istardim. CHunki yosh futbolchilar va akademiya klublarning fundamenti hisoblanadi. SHuning uchun bolalar futboliga etibor qaratishimiz kerak. Ular bizning ertamiz hisoblanadi. 

- Bilamizki Rossiyaning "Krasnodar" akademiyasida ham bolalar o'rta talim olishadi. Buning uchun belgilangan to'lov bor. "Metallurg"da bu boradagi holat qanday?

- Bizda ikkita guruh bor A va B. A guruhda ispaniyalik mutaxassislar faoliyat olib boradi. B guruhga esa to'lov joriy qilingan. Har bir futbolchida A guruhda o'ynash va bepul talim olish imkoniyati bor. 

-  Luisma Ernandes o'zbekistonlik muxlislar va OAV uchun umuman begona shaxs edi. U haqida malumotlar deyarli topilmadi. Lekin qisqa vaqtda vaziyatni o'nglay oldi. Ushbu mutaxassis haqida aytib bersangiz?

- To'g'ri aytdingiz. SHuning uchun ham rahbariyat bilan kelishgan holda yana bir yilga shartnomani uzaytirdik. U muxlislar kutgan natijani ko'rsata oladi. O'ylaymanki, yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa tuza oladi.  Kutilmagan syurpirizlarni ko'rsatishi mumkin.

- Luisma Ernandes faqat asosiy jamoa bilan ishlaydimi yoki akademiyaga ham qaraydimi?

- Albatta asosiy jamoani bosh murabbiyi hisoblanadi. SHu bilan birga o'rinbosarlar va akademiyani ham nazorat qiladi. Akademiya yaqinda ishga tushirilganini hisobga olsak, biroz vaqt kerak. SHundagina o'z tarbiyalanuvchilarimiz etishib chiqadi. O'ylaymanki, tarbiyalanuvchilarimiz etakchilarga qarshilik ko'rsata olishadi. Raqobatga tayyorlar.

- "Metallurg" sobiq murabbiyi Andrey SHipilov oktyabr oxirida saytimizga bergan intervyusida klubda havaskorlar ishlayotganini aytgandi. Mana shu holatga qanday javob bera olasiz?

- Menimcha, buni Andrey Sergeevichning o'zidan so'rash kerak. U kimni nazarda tutgan bilmadim. "Metallurg"dagi faoliyati uchun unga rahmat aytaman. 

- Klubning ertasini qanday ko'ryapsiz?

- Hammasi rejadagidek ketsa, "O'zmetkombinat" qo'llab-quvvatlasa barchasi ko'ngildagiek bo'ladi. Biz hozir bir oilamiz. Aniq yo'nalishda ishlayapmiz. Bunda kombinatning hissasi katta bo'lmoqda.

Blic savollar

- 2021 yilda jamoa o'tkazgan eng yorqin o'yin...

- Menimcha "Nasaf" bilan o'z maydonimizda o'tkazgan o'yinimiz. 

- Eng alamli uchrashuv...

- O'z maydonimizda "Lokomotiv"ga mag'lub bo'lganimizni alamli, deya olaman. O'shanda hisobda oldinda va bir kishi ko'p edik. SHuningdek hozirda ikki nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Islom Isoqjonov va Hakimxon Alamxonov safimizga kelib qo'shildi. Aleksandr Lobanov va Damir Temirov bilan shartnoma uzaytirildi. Jamoani tark etgan Stanislav Andreevga klubimizdagi faoliyati uchun rahmat aytaman. 

- Siz ishlagan davrdagi eng yaxshi uch futbolchini ayta olasizmi?

- Qiyin. Men uchun barchasi eng yaxshisi. Biz 11 yanvardan yig'inga kirishamiz. 20 yanvardan 1 fevralgacha Toshkentda, 3 fevraldan 18 fevralgacha Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика