So’nggi yangiliklar

01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  0 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  1 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  1 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  7 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  4 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  2 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1

Ulug'bek Mirzaev: "Qura nisbatan qulay tushdi, ammo bu holat bizni xotirjamlikka etaklamasligi shart" Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev: "Qura nisbatan qulay tushdi, ammo bu holat bizni xotirjamlikka etaklamasligi shart"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi qura natijalariga ko'ra, Pro ligani safarda "Yaypan"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Tarkibini qator tajribali futbolchilar va legionerlar bilan kuchaytirgan jamoa yangi mavsumga ko'tarinki ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda. Qura natijalari va jamoadagi jarayonlar haqida "Metallurg" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev fikr bildirdi.

— 2026 yilda Pro ligada jamoalar soni oshirilgani haqida nima deyish mumkin?

— Rostini aytsam, faoliyatim davomida turli jamoalarda har xil lavozimlarda ishlagan bo'lsam-da, Pro ligada ilk bor ishtirok etishim men uchun qiziq. Shu paytgacha faqat Superliga miqyosidagi musobaqalarda qatnashgandim. Takidlash joiz, O'zPFL Pro ligada katta islohotlarni amalga oshirdi. O'tgan mavsum ishtirokchilar soni atigi 6 tani tashkil etgan bo'lsa, 2026 yilda bu ko'rsatkich ikki barobardan ko'p 14 taga etkazildi. Bu — oldinga qo'yilgan jiddiy qadam. Ligani rivojlantirish yo'lida muhim yurish bo'ldi. Yangi mavsumning eng etiborga molik jihati ham aynan ishtirokchilar sonining keskin oshganida, deb hisoblayman.

— Qura "Metallurg" uchun qay darajada qulay keldi?

— Sir emas, jamoamiz bu yilgi musobaqaning asosiy favoritlaridan biri sifatida tilga olinmoqda. "Metallurg" 1998 yildan 2024 yilgacha, yani 27 yil davomida muntazam ravishda kuchlilar safida ishtirok etdi. Bekobodda doim raqobatbardosh yaxshi jamoa bo'lgan. Joriy mavsumda ham maqsad aniq — birinchi o'rinni egallab, Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritish.

Taqvimga ko'ra, 13 ta uchrashuvni o'z maydonimizda, 13 tasini safarda o'tkazamiz. Qura natijalari nisbatan qulay tushdi, deyish mumkin. Mavsumni ancha engilroq raqiblar bilan boshlaymiz. Biroq bu holat ortiqcha ehtiros, xotirjamlikka sabab bo'lmasligi lozim. Oyog'imiz erdan uzilmasligi kerak. Maydonga tushib, hakamning so'nggi xushtagi yangraganidan keyingina tabloga qarab natija haqida gapirish mumkin. Uchrashuv boshlanmasidan turib g'alaba haqida o'ylash noto'g'ri. Har bir raqibga hurmat bilan jiddiy yondashishimiz shart. Har bir ochkoni oltinga teng baholab, turnir jadvalidagi mavqeimizni mustahkamlab olsakgina start yaxshi keldi deya olamiz. Aks holda, bu yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini his qilishimiz kerak.

— Transfer oynasi yakunlanishi arafasida. Selekciya ishlari nihoyasiga etdimi?

— Tarkibni shakllantirish jarayoni deyarli yakuniga etdi. Reglamentga ko'ra, ro'yxatdan 25 nafar futbolchi o'tkazish mumkin.  To'rt nafari legionerni jalb qildik. Braziliyalik hujumchi Maksuel bilan shartnoma tuzdik. Shuningdek, Xitoy Superligasidan kelgan Branimir Yochich safimizni to'ldirdi. Qolgan ikki legioner muxlislarga yaxshi tanish: O'zbekistonda to'qqizinchi mavsumini, beshinchi jamoasida o'tkazadigan markaziy himoyachi Vladimir Bubanya hamda 2023–2024 yillarda "Andijon" sharafini himoya qilgan Armin Boshnyak bilan kelishuvga erishdik.

Qolganlar mahalliy, katta tajribaga ega futbolchilar. Ularning aksariyati Superligada bir necha yil to'p tepgan. Umid qilamizki, aynan shu omil qiyin pallalarda jamoaga tayanch bo'ladi. Qolganiga vaqt baho beradi. 26 yanvardan buyon Toshkentda mashg'ulot o'tkazmoqdamiz. 9 martdan esa jamoa Bekoboddagi doimiy sport bazasida tayyorgarlikni davom ettiradi.

Reyting:    

Fikrlar

   
04 mar 15:00:21
Akbar Umarov
Ulug'bek aka doimo pulni isini biladigan insonda.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика