"Roma" Zanoloni 35-40 mln evroga sotishga tayyor
19 jan 2023 16:00
Yangiliklar
"Roma" Zanoloni 35-40 mln evroga sotishga tayyor
"Roma" qishda Nikolo Zanoloni sotishga rozi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning yozishicha, rimliklar yozda 23 yoshli futbolchini sotishga qarshi bo'lganiga qaramasdan, uni qishda transfer qilishga tayyor. "Roma" rahbariyati italiyalik sotilishiga qarshi emas. Klub xavbek uchun 35-40 mln evro talab qilmoqda.
Futbolchining agenti allaqachon u faoliyatini qaerda davom ettirishi bo'yicha varintlarni qidirmoqda. Unga "Tottenxem", "Vest Xem" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda. "Roma" har qanday taklifni ko'rib chiqadi, ammo hozircha klubga rasmiy so'rovlar kelib tushmagan.
"Roma" allaqachon Zanologa o'rinbosar izlashni boshlagan.
Italiyalik futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olmadi.
Hujumkor yarim himoyachi "Roma" uchun barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar