“Roma” sobiq azosi: “Ronaldu MYUdan ketadi. Rimliklar uni qo'lga kiritish uchun qattiq harakat qilmoqda”
25 iyu 2022 09:30
Yangiliklar
“Roma” sobiq azosi: “Ronaldu MYUdan ketadi. Rimliklar uni qo'lga kiritish uchun qattiq harakat qilmoqda”
“Roma” sobiq futbolchisi Fabio Petruchchi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar”ni tark etishiga ishonmoqda.
“Futbol olamidagi obro'li shaxsdan “Roma” Krishtianu Ronalduni qo'lga kiritish uchun har tomonlama urinayotganini aniq bilaman. Ular bazi jihatlar, ayniqsa imij huquqlari bilan bog'liq bo'lgan masalalarni kelishib olishlari lozim. Ronaldu MYUdan ketadi”, deydi Petruchchi.
Avvalroq, “Bavariya” sport direktori Hasan Salixamijich Ronaldu myunxenliklar safiga kelishi haqidagi xabarlarni rad etgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar