"Roma" Dibalaga taklif jo'natdi. Totti unga 10-raqamni berishga tayyor
24 may 2022 10:18
Yangiliklar
"Roma" Dibalaga taklif jo'natdi. Totti unga 10-raqamni berishga tayyor
"Roma" "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaga rasmiy taklif jo'natdi.
Jurnalist Sesar Luis Merloning xabariga ko'ra, Rim klubi sobiq hujumchisi Franchesko Totti 28 yoshli argentinalikni "Roma"ga o'tishga ko'ndirmoqchi.
"Ko'ramiz, Pauloni Rimga olib kela olarmikinman. Biz dushanba kuni uchrashamiz, uni o'tishga ko'ndirishga harakat qilaman. Agar u xohlasa, xursand bo'lib 10-raqamga unga berardim. Ammo, buni men hal qilmayman", - deydi Totti.
Dibala joriy mavsum "Yuventus" libosida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi. Hujumchining Turin klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar