Rodri "Oltin to'p" uning hayotini o'zgartirib yuborganini takidladi
03 jan 12:21
Yangiliklar


Rodri "Oltin to'p" uning hayotini o'zgartirib yuborganini takidladi
"Manchester Siti"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri 2024 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgach, hayoti o'zgarib ketganini aytdi.
"Ha, u mening hayotimni o'zgartirdi. Yaqinlarimga aytdimki, g'alaba vaqtida men hech narsani to'liq tushunmaganman, lekin ha, hayotim o'zgarib ketdi. Oldin qilgan ishlarimning ko'pini endi qila olmayman", – dedi Rodri.
2024 yil oktyabr oyida favorit hisoblangan "Real" vingeri Vinisius Junior nufuzli "Oltin to'p" uchun so'rovnomada Rodridan keyin ikkinchi o'rinni egallagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar