Rivaldo JCH-2022 favoritlari haqida gapirdi
30 sen 2022 07:35
Yangiliklar
Rivaldo JCH-2022 favoritlari haqida gapirdi
"Argentinaning so'nggi o'yinlariga qarab, ularning ajoyib holatda ekanligini ko'ryapman. SHuning uchun JCH-2022da ularga diqqat bilan yondoshishimiz kerak.
Jamoa himoyada ajoyib o'ynamoqda. Lionel Messi ayni paytda terma jamoadagi sheriklari bilan yaxshi harakat qilyapti. Bu esa o'yinni osonlashtiradi. SHuning uchun, Argentina sovrin uchun kurashda yaxshigina raqobat ko'rsatishini kutyapman. Ahir bu Messi uchun so'nggi jahon chempionati bo'lishi mumkin.
Argentinadan tashqari Franciya, Ispaniya, Germaniya kabi Evropa terma jamoalarini ham favoritlar qatoridan o'chirmaslik kerak. CHunki ularda ajoyib futbolchilar va boy tarix bor. Ular turnirga yaxshi formada etib kelishadi.
Qatardagi JCH boshqalaridan farq qiladi. CHunki futbolchilar to'rt haftalik yig'indan emas, o'zlarining eng yaxshi formalarida bo'lgan holatda etib kelishadi. SHu sababli farqlarni kuzatiz qiziq bo'ladi", - dedi Rivaldo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar