Rivaldo: "Barselona" sababli "Real" boshqa turnirlarga etibor qaratmoqda"
06 may 2023 00:33
Yangiliklar
Rivaldo: "Barselona" sababli "Real" boshqa turnirlarga etibor qaratmoqda"
"Barselona" so'nggi sovrinini qo'lga kiritganidan to'rt yil o'tib, yana chempionlikka yaqin turibdi. Jamoani barqarorligi uchun maqtasa bo'ladi, ular sababli "Real" boshqa turnirlarga etibor qaratmoqda.
Ispaniya chempioni bo'lishi uchun maqtovdan-da yuqoriroq gaplar kerak. Mavsum davomida faqatgina barqaror o'yin va natijalar sababli muvaffaqiyatga erishish mumkin.
Albatta, "Real" qaysidir vaziyatda bo'shashishini bilardik. Biroq bu ularning chempionlikni istamayapti degani emasdi. Ular ham kuchli jamoa, doimiy raqobatda bo'lishdi. Anchelotti jamoasi bir yo'la 3 sovringa davogarlik qilishi qiyin edi, shu bois ular Ispaniya Kubogi va ECHLga etibor qaratishdi.
Tabiiyki, "Real" ham mavsum boshida LaLiga sovrinini istagandi. Biroq "Barselona" bu mavsum qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik tez oldinlab ketdi", - dedi Rivaldo.
Rivaldor 1997-2002 yillar davomida "Barselona" tarkibida o'ynagan va Ispaniya chempionligi bilan birgalikda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar