So’nggi yangiliklar

00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  0 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  0 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  2 23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  3 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  51 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  250 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  6 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0

Rio sari yo'l Dakkadan boshlanadi Yangiliklar

Rio sari yo'l Dakkadan boshlanadi

23-31 mart kunlari qitamizda 2016 yil Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiadaga saralash bahslari vazifasini bajarib beruvchi musobaqa – 23 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoalar uchun Osiyo Kubogining saralash bahslari o'tkaziladi.
Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 15 jamoa mezbon Qatarga qo'shilib, final bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

2016 yilning 12-30 yanvar kunlari Qatarda Osiyo Kubogi U-23 musobaqasining final bahslari tashkil etiladi. Dastlab OFK turnirni 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun mo'ljallagandi, biroq keyinchalik uning nomi biz yuqorida yozib o'tgan ko'rinishga o'zgartirildi. Osiyo Kubogining final bahslarida dastlabki 3 o'rinni egallagan jamoalar Olimpiada o'yinlarida qatnashish baxtiga sazovor bo'lishadi.

43 jamoa 10 saralash guruhida kurashga kirishadi. Yakunda 10ta guruh g'olibi va eng yaxshi natijaga ega bo'lgan 5 jamoa final bosqichiga yo'llanma oladi. Terma jamoamiz saralash bahslarini Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o'tkazadi. Bu erni ko'p masjidlar shahri yoki rikshalar poytaxti deb aytishadi.

SHaharda 15,5 millioncha aholi istiqomat qiladi. Dakka jahonning eng yirik 10 shahridan biri deb etirof etilgan.
Barcha uchrashuv Dakkaning markazida joylashgan “Bangabandxu Milliy” stadioni bo'lib o'tadi. Stadion 36 ming muxlisni sig'diradi. Bu erda 2011 yil kriket bo'yicha jahon Kubogining ochilish marosimi o'tkazilgan. Bangladeshda kriket va regbiga etibor ancha kuchli. Futbol unchalik rivojlanmagan.

Guruhimizda saralash bosqichi taqvimi shunday ko'rinish olgan (Toshkent vaqti ko'rsatilgan):
27 mart

14:00. O'zbekiston - Hindiston
17:00. Suriya – Bangladesh
29 mart
14:00. Hindiston - Suriya
17:00. Bangladesh - O'zbekiston
31 mart
14:00. Suriya - O'zbekiston
17:00. Hindiston - Bangladesh

Birinchi turdagi raqibimiz Hindiston terma jamoasini Savio Madeyra boshqarmoqda. 50 yoshli murabbiy Margao shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatida 17 yil “Salgaokar” klubida o'ynagan. Keyinchalik ushbu jamoaning o'zida 8 yil murabbiy bo'lib ishladi. 2008 yildan 2011 yilgacha Hindiston terma jamoasida yordamchi murabbiy lavozimida ish yuritgan. 2011-12 yillarda bosh murabbiylik qilgan Madeyra ayni paytda yana milliy termada assistent vazifasi bilan birga 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoaga boshchilik qilib kelyapti.

Terma jamoa shu oy boshidan yig'inlar o'tkazdi. O'tkazilgan uchrashuvlar to'g'risida aniq malumot yo'q. Terma jamoa tarkibiga turli klublardan futbolchilar taklif etilgan. Biror klubni terma jamoa o'zagi sifatida keltirishimiz qiyin, chunki 3-4 jamoadan 3 nafar va undan ortiq o'yinchilar chaqiruv olgan.

Ikkinchi raqibimiz Bangladesh terma jamoasi saralash bosqichi mezboni sanaladi. Ushbu jamoani gollandiyalik Lodeviyk de Kruif boshqaryapti. Bu jamoa ham oy boshidan beri yig'inda ishtirok etdi. Bangladeshda terma jamoalar saviyasi unchalik yuqori emas. Bunga Osiyo o'yinlarida ham guvoh bo'lgandik. Kruif 45 yoshli mutaxassis bo'lib, futbolchilik faoliyatida himoyachi sifatida Gollandiyaning “TOP Oss” klubida o'ynagan. “Xartlend” klubidan keyin 2013 yildan boshlab Bangladesh terma jamoasida ishlab kelmoqda.

Suriya terma jamoasi esa ancha jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Singapur va Quvayt terma jamoalari mag'lubiyatga uchratildi. Muhannad Fakir boshchilik qilayotgan jamoaning tarkibi elon qilinmagan. SHu sababli guruhda asosiy raqib bo'lishi kutilayotgan suriyaliklarni saralash bahslari orqali bilib olamiz. Guruhda Suriya jiddiy raqobat tug'dirishi mumkin. Bangladesh va Hindistondan ancha ustunmiz va futbolchilarimiz ularni har qanday holatda mag'lub etishlari shart. Olimpiya terma jamoamiz oldiga Rioga borish vazifasi qo'yilgan. Demak, Rio sari yo'l Dakkadan boshlanadi.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика