Rio-2016. Olimpiyachilarimiz nima deyishmoqda?
21 iyu 2016 15:53
Yangiliklar
Rio-2016. Olimpiyachilarimiz nima deyishmoqda?
Ushbu marosim davomida bir qancha sportchilarimiz bilan suhbatlashishga muvaffaq bo'ldik.
Taekvondochimiz Dmitriy SHokin Braziliyada bo'ladigan Olimpiadadan oltin medal bilan qaytishga harakat qilishini aytib o'tdi: Dmitriy SHokin: "Olimpiadada uyaltirib qo'ymaymiz, oltin uchun harakat qilamiz"

Badiiy gimnastikachimiz Luiza Ganieva esa ayni paytda tayyorgarlik avjida ekanligini aytib o'tdi: Luiza Ganieva: "Olimpiadaga qattiq tayyorgarlik ko'ryapmiz"
Undan tashqari Dohadagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori Murodjon Ahmadaliev bu safar ham vatanimizga yorug' yuz bilan qaytishni niyat qilganligini aytib o'tdi: Murodjon Ahmadaliev: "Nasib qilsa, O'zbekistonga yorug' yuz bilan qaytamiz"

Yana bir taekvondochimiz Nikita Rafalovich o'zining nimalarga qodir ekanligini isbotlamoqchi: Nikita Rafalovich: "Nimalarga qodirligimizni ko'rsatishga harakat qilamiz"
Dzyudochimiz Rishod Sobirovdan doimgidek umidimiz katta: Rishod Sobirov: "Uchinchi Olimpiadamda oltin medalni qo'lga kiritmoqchiman"
Maftunkor taekvondochimiz Nigora Tursunqulova Olimpiadadagi eng yosh taekvondochi bo'ladi: Nigora Tursunqulova: "Nasib qilsa yaxshi natija bilan qaytamiz"
Rio-2016 o'yinlari boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Olimpiadaga oid eng qaynoq xabarlar, barcha o'zbek sportchilarining ishtiroklari haqidagi malumotlarni >>> OLAMSPORT.COM saytidan topasiz! Olg'a, O'zbekiston!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar