"Reynjers" UEFA taqiqiga qaramay, Britaniya madhiyasini qo'ydi
15 sen 2022 09:22
Yangiliklar
"Reynjers" UEFA taqiqiga qaramay, Britaniya madhiyasini qo'ydi
UEFA taqiqiga qaramay, "Reynjers" ECHL doirasidagi o'yin oldidan Britaniya madhiyasini qo'ydi.
Qirolicha Elizaveta II o'limi sabab "Reynjers" - "Napoli" uchrashuvi 13 dan 14 sentyabrga ko'chirilgandi. Uchrashuvga italiyalik muxlislar ham kiritilmadi.
"CHelsi", "Siti" va "Reynjers" ECHLdagi uy uchrashuvlari oldidan Britaniya madhiyasini qo'yish uchun UEFAdan ruxsat so'rashgandi. Ammo bu so'rovga rad javobi berilgandi. O'yinlar oldidan ECHL madhiyasi qo'yilmadi, maydon markazida esa turnir logotipi aks etgan banner ham hilpiratilgani yo'q.
Biroq, shotland klubi UEFAning taqiqiga etibor bermadi va bir daqiqalik sukutdan so'ng "Aybroks" stadionida muxlislar bilan o'z milliy madhiyasini ijro etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar