So’nggi yangiliklar

21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  0 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  29 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2

Reuters: Keyrush hali bir qarorga kelgani yo'q Yangiliklar

Reuters: Keyrush hali bir qarorga kelgani yo'q

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning keyingi ish joyi qaer bo'ladi?

Jahonga mashhur Reuters axborot agentligining yozishicha, portugaliyalik murabbiy bu borada hali yakuniy qarorga kelmagan. Eron futbol federaciyasi prezidenti Mehdi Taj o'tgan hafta matbuot vakillari bilan suhbatda Keyrush jamoada qolishini aytib o'tgandi.

Biroq bevosita murabbiyga yaqin manbaning aytishicha, portugaliyalik mutaxassis hali yakuniy qarorga kelmagan. "Eron jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng Keyrushga yangi taklif bo'ldi. Federaciya murabbiyni Osiyo Kubogi musobaqasida ham o'zida olib qolmoqchi. Lekin Keyrush hali bir qarorga kelgani yo'q. Murabbiyning amaldagi shartnomasi iyul oxirida tugaydi. SHundan so'ng u keyingi taqdiriga oydinlik kiritadi", - deydi murabbiyga yaqin manba.

Avvalroq Eron FF rahbari Mehdi Taj shunday degandi: "Keyrush Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga qadar terma jamoada qoladi. Jahon chempionatidagi o'yinimiz shuni ko'rsatdiki, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Yo'qsa futbolchilar mamlakatga qaytganida 7 ming ishqiboz aeroportga chiqmasdi. Xavotirga o'rin yo'q, Keyrush biz bilan qoladi. Uning yangi shartnomasini yaqin kunlarda ko'rib chiqamiz. Mana ko'rasizlar, Osiyo Kubogiga hammamiz birgalikda boramiz".

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика