So’nggi yangiliklar

13:58Ибрагимовичнинг ўғли "Милан"нинг Италия Суперкубоги учун қайдномасидан жой олди  0 13:14Ўзбекистон миллий футзал терма жамоаси Бухородаги йиғинни давом эттирмоқда  2 13:11Суперлига–2025. Эксперт хулосаси: "Насаф" селекцияда ютқазди, "Нефтчи" эса кутилмаларни оқлади  0 12:48Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди  7 12:25Луис Суарес футболчилик фаолиятидаги сўнгги мавсумни қаерда ўтказади?  5 11:46Қувондиқ Рўзиев "Навбаҳор"га қайтди  1 11:25Трамп Кот-д’Ивуар ва Сенегал фуқароларининг АҚШга киришини чеклади. Уларнинг терма жамоалари ЖЧ-2026да ўйнайди  2 10:14МЮ Семеньо учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум   3 09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  2 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  2 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  5 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  4 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  9 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  6 03:40Испания кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлубиятга учратди  6

"Real"da o'ynagan eng omadli ispan qo'shiqchisi haqida bilasizmi? Yangiliklar

"Real"da o'ynagan eng omadli ispan qo'shiqchisi haqida bilasizmi?

Tasirli voqea.

Biz Xulio Iglesiasni Ispaniyaning eng taniqli qo'shiqchilaridan biri sifatida bilamiz, ammo hamma ham uni "Real" darvozaboni bo'lganini eslolmaydi.

Xulio bolaligida sport faoliyati to'g'risida jiddiy bosh qotirgan – yosh ispaniyalik futbol daromad manbai ekanligini tushunib etadi. U sport olamida muhim shaxs bo'lishni orzu qilar, o'zini "Real"ning asosiy o'yinchisi sifatida ko'rib, jamoa bilan ko'plab kuboklarni yutishini tasavvur qilardi. Ha, 16 yoshdan 20 yoshgacha darvozabon sifatida o'ynagan Iglesias chindan ham istedodli futbolchi edi.

Ispan 16 yoshida "Real Madrid" akademiyasida paydo bo'ldi. Klub bu davrda haqiqatan ham ajoyib damlarni o'tkazayotgan edi, chunki ketma-ket besh marta Evropa chempionlari kubogi (hozirgi CHempionlar ligasi) sovrinini yutgandi. Ko'pchilik "Real"da o'ynashni orzu qiladi, Xulio esa bunday imkoniyatga ega edi. Murabbiylar Iglesias juda qobiliyatli darvozabon ekanligini va uni yorqin kelajak kutayotganini taxmin qilishardi. Ehtimol, fojiali voqea bo'lmaganida, biz Xulioni buyuk qo'shiqchi sifatida bilmagan bo'lardik.

1963 yilning 22 sentyabrida Xulio Iglesias dahshatli avtohalokatga uchradi va keyingi ikki yilni shifoxonada o'tkazdi: shifokorlarning aytishicha, u mo'jiza tufayligina tirik qolgan. Voqea natijasida Xulioning o'ng oyog'i singan, umurtqa pog'onasi va yuzining chap tomoni jiddiy jarohatlangan. Bunday jarohatlardan so'ng, maydonga qaytishni faqat orzu qilish mumkinligi malum bo'ladi – Iglesias endilikda yurish uchun qattiq kurashishiga to'g'ri kelgan.

"Dastlab qo'rquvni his qildim. Atrofimdagi odamlarning yuziga qarab, vaziyatni tushunishga harakat qildim: omon qolamanmi yoki yo'qmi, deb o'ylardim. Keyinchalik yashab ketishimni bilganimda, bundan keyin qanday yashashni o'ylay boshladim... Menga odamlarning iliq munosabatlari, muloqot etishmasdi va qo'shiq yozib, gitara chalish orqali bularni qidira boshladim..." – deya eslaydi Xulio.

Aynan shu qo'rqinchli davrda u qo'shiqlar uchun musiqa va so'zlar yozishni boshladi. 

Xulio o'zi haqida shunday deydi: "Men qo'shiqchi bo'lib tug'ilmadim, men unga aylandim". 

SHunday qilib, fojiali voqea bizga o'z davrining eng buyuk qo'shiqchilaridan birini taqdim etdi.

1989 yilda Xulio gastrol safari bilan Moskvaga boradi. O'shanda safar oldidan qo'shiqchi, uni Lev Yashin bilan uchrashtirishlarini iltimos qiladi. Aynan sovet darvozaboni Iglesiasning kumiri edi. 

Uchrashuv juda hayajonli o'tgan va Xulio bir muncha vaqt hayajondan o'ziga kelolmay, Yashinning qo'llarini ushlab, o'pgan.

  

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика