"Real"da ahvol yomonlashib bormoqda. Kurtua ham "El Klasiko" oldidan jarohat oldi
23 okt 2024 16:04
Yangiliklar
"Real"da ahvol yomonlashib bormoqda. Kurtua ham "El Klasiko" oldidan jarohat oldi
Bugun "Real" etakchilaridan biri Rodrigo "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan jarohat olgani haqida malum bergan edik.
"El Klasiko" oldidan "Real" etakchisi safdan chiqdi
Biroz oldin "Real" rasmiy saytida asosiy darvozabon Tibo Kurtua jarohat olgani haqida xabar chop etildi. Bugun "Real" klubi tibbiy shtabi posbonni tibbiy tekshiruvdan o'tkazgan va Tiboda chap sonning mushaklari lat egani aniqlangan. Belgiyalik darvozabon 3 kundan keyin bo'lib o'tadigan "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Kurtua kecha tunda bo'lib o'tgan "Borussiya D"ga qarshi uchrashuvda to'liq ishtirok etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar