"Real" Yovich bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor
09 iyu 2020 15:04
Yangiliklar
"Real" Yovich bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor
"Real" mavsumlar oralig'ida hujumchi Luka Yovichni sotishi mumkin.
Madrid klubi rahbariyati o'yinchining hatti-harakatlaridan va uning o'yinlaridan norozi. Klub shu sabab futbolchi borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
"Qirollik klubi" 22 yoshli futbolchini ijaraga bermoqchi edi, endi esa undan to'laqonli "qutulishga" tayyor. Yovichning oxirgi aybi qoidalarga rioya qilmasdan koronavirusga chalingan do'sti bilan ko'rishganidir.
Futbolchining xizmatlariga "Milan" va "Arsenal" klublari qiziqmoqda. Yovich joriy mavsum "Real" safida 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar