"Real" sobiq himoyachisi klubga Salibani sotib olishni maslahat bermoqda
15 noy 2024 20:02
Yangiliklar
"Real" sobiq himoyachisi klubga Salibani sotib olishni maslahat bermoqda
"Real" sobiq himoyachisi Rafael Alkorta klubga "Arsenal" himoyachisi Uilyam Salibani sotib olishni maslahat berdi.

"Men yanvarda shartnoma imzolamagan va variant sifatida Emerik Lyaportni kutgan bo'lardim. Balki sizga yana 10 yil xizmat qiladigan Salibadek yigitga 80 mln sarflash kerakligini o'ylab ko'rardim. Har holda "Real" bu borada kamdan-kam xato qiladi", – dedi Alkorta.
Saliba ushbu mavsumda 12 o'yinda qatnashishga ulgurdi. Futbolchining londonliklar bilan kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar