“Real” Beylni keyingi mavsum rejalariga kiritmayapti
27 mar 2021 20:30
Yangiliklar
“Real” Beylni keyingi mavsum rejalariga kiritmayapti
Avvalroq, “Tottenxem”da ijarada o'ynayotgan Garet Beyl shartnomasini yakunlab qo'yish uchun mavsum oxirida Madridga qaytmoqchiligini aytgandi.
Marca manbasiga ko'ra, klub vingerning mahoratiga shubha qilmasada, uning jamoadagi faoliyati tugagan deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, agar vaziyat keskin o'zgarmasa, unda “Real” keyingi mavsum uelslikka umid bog'lamaydi.
Rahbariyat jamoada jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi va maoshlarni pasaytirish (Beylniki ham) orqali transferlarga qo'shimcha mablag' yig'ishni ko'zlamoqda.
31 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 12 o'yinda qatnashib, 5+2 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar