"Real" "Betis"ning 40-50 million evrolik himoyachisiga ko'z tikdi
26 jan 23:40
Yangiliklar
"Real" "Betis"ning 40-50 million evrolik himoyachisiga ko'z tikdi
Bu haqda insayder Ekrem Konur o'z "X" sahifasida xabar bermoqda.
Malumotlarga ko'ra, 23 yoshli futbolchi nafaqat "qirollik klubi", balki Angliyaning "Chelsi" va "Nyukasl" jamoalari etiborida ham turibdi. Sevilya klubi o'z himoyachisini 40-50 million evro atrofidagi mablag' evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Natanning "Betis" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali braziliyalikni 20 million evroga baholamoqda, biroq sevilyaliklar undan ancha ko'p daromad qilishni ko'zlashgan.
Eslatib o'tamiz, La Liganing 21-turidan so'ng "Real" 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan bir ochkoga ortda qolmoqda. "Betis" esa 32 ochko bilan 6-pog'onani egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar