So’nggi yangiliklar

21:46Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море". Асосий таркиблар маълум!  4 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  2 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  1 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  18 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  5 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  3 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  6 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4

"Real" "Barselona"ni "Kamp Nou"da er bilan bitta qilib, Qirol Kubogi finaliga chiqdi Yangiliklar

"Real" "Barselona"ni "Kamp Nou"da er bilan bitta qilib, Qirol Kubogi finaliga chiqdi

Benzema Ramazon oyida – butkul boshqa o'yinchiga aylanadi, bu safar Vinisius Arauxoni cho'ntagiga solib chiqib ketdi, Kamavinga esa qanotda Rafinyani "eb qo'ydi"

Qirol Kubogi doirasidagi "Klasiko"dan bir necha soat avval mashhur bloger Ibai Lyanos (aynan u Pike bilan "Kings League" nomli medialigaga asos solgan) bir tvit qoldirdi: 

"Real" "Barselona"ni "Kamp Nou"da taslim qiladi, Vinisius esa master-klass ko'rsatib beradi".

SHunchaki o'xshab qolgan taxmin? Bo'lishi mumkin, faqatgina bunda Madrid "Barselona"ga Xavi kelgach, "Klasiko"larda omadi chopmayotgani, Vinisius esa hech Ronald Arauxoga qarshi qanday o'ynasa, muvaffaqiyatga erishishini topolmayotgan bir vaziyatda edi.

Umuman olganda, Ibai haq bo'lib chiqdi. Biroq Xavining gaplari nishonga undan ham aniqroq etib bordi. O'yin oldidan murabbiy "Real" hali ham favoritligini, "Santyago Bernabeu"da qo'lga kiritilgan g'alaba va minimal ustunlik amalda hech nima emasligini aytib o'tgandi. 

Xavi bu vaziyatda shunchaki diplomatlik qilmagandi. Birinchidan, "Barselona" jarohatlangan Kristensen, Pedri, Frenki va Dembelesiz o'z o'yinini ko'rsatishi qiyinlashadi, ikkinchidan, "Real" pley-off bahslarida – Evropaning istalgan klubi uchun eng yomon raqib.

"Madrid" raqibni "o'ldirish" uchun kelgani, Karlo Anchelotti super hujumkor deb nomlagan asosiy tarkibdan ham bilinib turardi. Kamavinga – chap qanot fulbeki, Kroos – tayanch zonada, Rodrigo – vinger. To'pni olib qo'yish ishlariga amalda faqat Fede Valverde javob berardi. 

Kamavinga va yoki sport formasi tufayli zaxirada qoldirilgan Tchuameni yo'qligi sabab "Barselona" markazdan oldinga o'ta olardi, ammo Anchelottining rejasi bo'yicha "Real" himoyalanishi emas, juda ko'p hujum qilishi kerak edi. 

Bu narsa ikkinchi bo'limda ayniqsa sezildi. Darvoqe, negadir "Barselona" futbolchilari tanaffusdan keyin maydonga qaytishmadi. Levandovski Militao bilan to'qnashuvdan keyin butkul o'zini yo'qotib qo'ydi, Kamavinga esa kontaktga borishi ham kerak bo'lmadi. U Rafinyani butkul zararsizlantira oldi. "Barsa" futbolchisi to'pni ko'p bor qabul qilishiga qaramay, deyarli barchasida uni yo yana ortga, yoki markazdagilarga oshirib qutildi.

Tunda nafaqat gol urgan, golli uzatma berib, penalti ishlagan Vinisiusdan master-klass guvohi bo'ldik, balki "Oltin to'p"ga munosib bo'lgan Benzema qaytganini ko'rdik. Xet-trik qayd etgan Karim "Kamp Nou"da xet-trik qayd etgan "Madrid" tarixidagi ikkinchi futbolchi bo'ldi. Birinchi bo'lib bunday natijaga 1963 yilda Ferenc Pushkash muvaffaq bo'lgandi. 

Ramazon oyidagi Benzema – bu, nazarimda, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Bir necha kun oralig'ida "Valyadolid" va"Barselona"ga oltita gol – zo'r natija. Va etiborli jihati, har ikki o'yinda ham u natijasini "poker"ga aylantirishi mumkin edi. 

Evrokuboklardagi omadsizliklarni "El Klasiko"lardagi muvaffaqiyat bilan yashirib kelayotgan Xavi esa 0:4 "Klasiko" uchun adolatli hisob emas deb hisoblashi mumkin. Biroq o'yin bo'yicha fikrlar subektiv bo'ladi deyilsa, raqamlardan gapiraylik. "Barselona" yarmidan ko'pi ortda qolgan La Ligada umumiy hisobda 9 ta gol o'tkazdi. Va "Real"ning bir o'zi barcha musobaqalarni inobatga olganda 9 ta gol urdi. Tasodifmi, menimcha yo'q. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика