So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  9 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  3 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  7 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

"Real" AQSHda o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi + FOTO Yangiliklar

"Real" AQSHda o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi + FOTO

Teglar :  Real
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Los-Anjelesga yo'l olgan Madridning "Real" klubi AQSHda o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Madrid klubi ayni damda "Manchester Yunayted" shug'ullanayotgan mashg'ulot bazasida mashg'ulot o'tkazmoqda.


Uzoq muddatli davolanishdan so'ng Garet Beyl mashg'ulotlarga qaytdi



Ispan grandi AQSHda Xalqaro CHempionlar Kubogida ishtirok etadi



Karim Benzema chigal yozdi mashqlarini bajarmoqda, Kasemiro esa uni kuzatyapti


Ayni damda Karim Benzema, Garet Beyl va Luka Modrichlar jamoa bilan shug'ullanishmoqda, Krishtianu Ronaldu esa hozir tatilda, Ibicada oilasi bilan dam olyapti.

"Qirollik klubi"ning ilk mashg'uloti ikki qismga bo'lindi. Birinchisida futbolchilar jismoniy barqarorlikni oshiruvchi mashqlarni bajarishgan bo'lsa, ikkinchisida to'p bilan ishlandi.


Luka Modrich mashg'ulotlarda boshqalar kabi tinim bilmay ishlayapti



Zinedin Zidan jamoasining mashg'ulotlarini kuzatmoqda


Evropaning ikki grandi ("Real", "Manchester Yunayted") bir bazada shug'ullanayotgani ikkala klubga ham yoqmagan va vaziyatga Xalqaro CHempionlar Kubogi tashkilotchilari aralashishiga to'g'ri keldi. Bir insayderning malum qilishicha, chorshanba kuni kechki payt vaziyat juda yomon bo'lgan.

"Manchester Yunayted" AQSH yig'iniga yakshanba kuni kelgan edi.



Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi chigal yozdi mashqlarida



"CHelsi" xarid qilmoqchi bo'lgan Alvaro Morata "Real" bilan AQSHda mashg'ulot o'tkazmoqda


"Manchester Yunayted" shug'ullanayotgan maydon kiyinish xonalariga yaqin va unda futbolchilar tiklanishi uchun maxsus basseyn mavjud.

"Real" seshanba kuni AQSHga uchib keldi va "Beverli Xills" mehmonxonasida qo'nim topdi.

"Qirollik klubi" hamda "qizil iblislar" o'rtasidagi uchrashuv 23 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика