So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Ravshan Haydarov: "Hech kimdan qo'rqmaymiz, lekin har bir raqibga hurmat bilan yondashamiz" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Hech kimdan qo'rqmaymiz, lekin har bir raqibga hurmat bilan yondashamiz"

Kecha 2026 yilgi U-23 Osiyo Kubogiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

 Unga ko'ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Qirg'iziston, Shri Lanka va Falastin bilan birga "E" guruhidan joy oldi. Bizning guruh o'yinlari Qirg'izistonda bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov qura tashlash yakunlari va kelgusidagi rejalar haqida quyidagicha fikr bildirdi.


"Qura jarayonida saralashdagi raqiblarimiz va mezbon mamlakatni bilib oldik. Yoshlar miqyosidagi turnirlarda har qanday jamoadan kutilmagan natijalar chiqishi mumkin, chunki yosh futbolchilar har oyda o'zgarib, o'sish jarayonidan o'tishadi.

Qirg'iz Respublikasida futbolga katta etibor qaratilayapti, yangi maydonlar qurilyapti. Ular mezbon sifatida yaxshi tayyorgarlik ko'rishi tabiiy — bu ular uchun katta motivaciya.

Falastin termasi doimo sirli jamoa hisoblanadi. Mamlakat og'ir sharoitda ekaniga qaramay, ko'plab futbolchilari Evropada to'p suradi.

Shri-Lanka haqida hozircha to'liq malumotga ega emasmiz. Ular bilan avval to'qnash kelmaganmiz, o'rganishni endi boshlaymiz. Hech kimdan qo'rqmaymiz lekin har qanday raqibni hurmat qilishimiz kerak.  Barcha raqiblar bo'yicha malumot yig'yapmiz, ammo asosiy etiborni o'z tayyorgarligimizga qaratyapmiz.

Futbolchilarning Superligadagi o'yinlarini kuzatib, tayyorgarlikka jalb qilib, jamoa o'yinini shakllantiryapmiz. Avvalgi U-20 terma jamoasi safidagi ko'p futbolchilar hozir milliy jamoa yoki legioner sifatida faoliyat yuritmoqda. Ular o'rniga yangi istedodlarga imkoniyat berayapmiz.

Bizning asosiy maqsad — U-23 Osiyo Kubogiga yo'llanma olib, futbolchilarni katta musobaqalar uchun toblash", — dedi Ravshan Haydarov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика