So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

Ravshan Haydarov: "Har bir o'yin qiymati finalga teng" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Har bir o'yin qiymati finalga teng"

BAAda o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi OCH saralash bosqichi 1-tur uchrashuvi O'zbekiston (U23) - Livan (U23) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirok etishdi.


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov:
- Men avvalambor shogirdlarimga bugungi o'yini uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Musobaqani g'alaba bilan boshlash juda muhim ahamiyatga ega edi. Futbolchilarim meni ko'rsatmalarimga to'liq rioya etishdi va buning uchun ularga rahmat aytaman. Muhim va kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Taymlar ikki xil o'tdi. Birinchi bo'limda biz uchrashuvni nazorat qilgan bo'lsak, tanaffusdan keyin konsentraciyani yo'otganimiz sabab, o'yin tizgini raqib tomonga o'tdi.
Guruh faqatgina BAA va O'zbekiston terma jamoalaridan iborat emas. Biz hozir Nepalga qarshi bellashuv haqida bosh qotiramiz. Bu bahs biz uchun oson kechmasligi aniq. G'alaba uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Har bir o'yin biz uchun juda muhim. Bu erdagi barcha o'yinlarning qiymati finalga teng. Guruhdagi kelgusi ikkala bahslarga jiddiy tarzda yondoshamiz.


Livan (U23) terma jamoasi bosh murabbiyi Milich Kurchich:
- Bu o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda ko'p vaqt bo'lmadi. Qisqa vaqt ichida o'yinga hozirlik ko'rgandik. Birinchi taym meni hayron qoldirdi. Futbolchilarim raqib qarshisida qo'rqib qolishdi shekilli. Ular bilan nima ruy berganini tushunmadim. Tanaffusdan keyin o'yin jihatidan yomon ko'rinmadik. Vaziyatni o'z tomonimizga og'dirishga erishdik. Kelgusi ikkala o'yinda qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. SHu o'rinda O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. BAAga kelishdan avval ular haqida malumotlar to'plagandik. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ancha yaxshi shakllangan va kuchli raqib sanaladi. Taqvim juda tig'iz, keyingi o'yingacha vaqt oz. G'alaba uchun qo'limizdan kelganini qilishga urinib ko'ramiz.
Futbolda nima bo'lishini oldindan hech kim bashorat qila olmaydi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика