So’nggi yangiliklar

17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  0 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  5 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  0 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  2 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  1 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  2 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  13 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3

Ravshan Haydarov: "Futbolchilarning aksariyatida xalqaro tajriba yo'q. O'ylaymanki, mart oyida terma jamoalar bilan o'ynashning imkoni bo'ladi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Futbolchilarning aksariyatida xalqaro tajriba yo'q. O'ylaymanki, mart oyida terma jamoalar bilan o'ynashning imkoni bo'ladi"

Xabaringiz bor ayni kunlarda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Jamoa azolari bugun yig'in doirasidan o'rin olgan ilk nazorat uchrashuvida "Andijon"ga qarshi maydonga tushishdi (1:0). Ushbu bahsdan so'ng olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov fikrlarini bildirib o'tdi. 

- Ravshan Akmalovich dastlab shu kunlarda Toshkentda o'tkazilayotgan yig'in va tarkibga chaqirilgan futbolchilar haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- O'tgan mavsumda olib borgan uchta yig'inimizda tarkibni shakllantirish ishlarini boshlagan edik. Mazkur jarayon hamon davom etmoqda. Ushbu yig'inimizdaga ham bir nechta yangi nomlarni taklif qildik.  Marlen CHobanov, SHahzod Azmiddinov, Kamron Saidazimovlar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishmoqda, deya olaman. 2020 yilda Belarus chempionatida to'p tepgan Humoyunmirzo Iminovni avvalgi yig'inlarga chaqira olmagandik, uni ham sinovdan o'tkazyapmiz. Ko'proq nazorat bahslari o'tkazishni reja qilganmiz. SHu orqali ularning qanday holatda ekanligini, qaysi chiziqlarda kim kuchli ko'rinayotganligini bilib olamiz. Superliga jamoalariga qarshi bellashuvlar futbolchilarning qanday saviyadaligini ko'rsatib beradi, deb o'ylayman.

- Hozircha klublar bilan o'ynash bilan cheklanilmoqda. Xorij terma jamoalari bilan o'yinlar o'tkaziladimi?

- SHu tomondan biroz qiyinchilikka duch kelyapmiz. Biz borgan taqdirimizda u erga terma jamoalarni kelishi muammo tug'diradi. Umid qilamanki, mart oyida FIFA kunlarida buning imkoni bo'ladi. Futbolchilarning o'z tengqurlari bilan o'ynashi muhimdir. Superliga klublari bilan to'p tepib o'yinimizni shakllantirishimiz mumkin. Lekin, xalqaro o'yinlarning darajasi baribir boshqacha. CHunki, yigitlarning aksariyatida xalqaro tajriba yo'q. Superliga jamoalarini yutib o'zimizni aldab qo'ymayapmizmi degan savolni o'zimga o'zim beryapman. 

- Olimpiya terma jamoasining bu yig'inida bo'ydor futbolchilarning ko'p ekanligaga guvoh bo'lmoqdamiz...

- Ha, to'g'ri. Hozirgi jamoada bo'y jihatdan kuchliroq. 

- Bu siz murabbiylik qilayotgan uchinchi terma jamoa hisoblanadi. Bu jamoa avvalgilariga qaraganda kuchsizroqdek ko'rinmoqda...

- Uchinchi terma jamoani shakllantiryapmiz. Tarkibga o'rinbosarlar jamoalaridan, Pro liga klublaridan futbolchilar jalb qilganmiz. O'z-o'zidan ular terma jamoaga jalb qilingach klublarida ham asosiy tarkibga kirishga intilmoqda. Murabbiylar ham ishonch bildirishadi, degan umiddaman.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика