So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Ravshan Haydarov: "Dinamo" chempionlik taqdiriga tasir qilishi mumkin" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Dinamo" chempionlik taqdiriga tasir qilishi mumkin"

Yakunlangan turning kutilmagan natijalaridan biri Buxoroda kuzatildi.
SHanba kuni Ravshan Haydarov boshqaruvidagi Dinamo jamoasi joriy mavsumda ilk marta safardan g'alaba bilan qaytdi. So'nggi turlarda ancha barqaror o'yin namoyish etayotgan Tachmurod Agamurodov shogirdlarining muxlislari ko'z o'ngida Dinamo tomonidan mag'lub etilishi Samarqand jamoasining turnir jadvalida uch pog'ona ko'tarilishi va 9-o'ringa chiqib olishini taminladi. Ushbu uchrashuvdan keyin dinamochilar ustozi Ravshan Haydarov bilan suhbatlashdik. 

- Ravshan Akmalovich, avvalambor jamoangizning safardagi dastlabki g'alabasi bilan tabriklaymiz. Nihoyat, noxush anana buzildi.

- Tabrik uchun rahmat. Albatta, qora ananaga chek qo'yganimizdan mamnunman. Aslida, oldingi bir qator safar o'yinlardayoq g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Misol uchun, birinchi davra so'nggida Qizilqum bilan mehmondagi bahsning 94-daqiqasida tayyor g'alabani qo'ldan boy bergandik. So'nggi turlarda Fuzor, Namangandagi uchrashuvlarda g'alaba qozonish imkoniyati bo'lgan o'yinlarda ham durang natija bilan qaytdik. Yani, omadsizlik tufayli mana shunday noxush anana yuzaga kelgandi. Aynan g'alabalarni qo'ldan chiqarganligimiz sababli bir qator uchrashuvlarda durang o'ynashga majbur bo'ldik. Oqibatda esa Dinamo hozirda Oliy ligada eng ko'p durang qayd etgan jamoaga aylanib turibdi. Har qalay 18 o'yinda 8 durang bu ko'p edi. Buyog'iga faqat maksimal natija uchun kurashamiz.

- Buxorodagi muhim g'alaba aynan nimaning evaziga qo'lga kiritildi?

- Butun jamoaning birlashib, g'alaba uchun bor kuch va ishtiyoqini ishga solganligi evaziga qo'lga kiritildi, deb o'ylayman. SHogirdlarim o'yin davomidagi barcha ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Barcha o'ziga yuklatilgan vazifani alo darajada bajarish bilan birga, zarur bo'lganda jamoadoshini ham qo'llab-quvvatladi. Asosiy vazifalarimizdan biri tezkor gol kiritish edi. Standart vaziyatdan so'ng Ildar Mamatkazinning goli evaziga 30-daqiqada hisobda oldinga chiqib oldik. SHundan so'ng, mezbonlarning hujumga o'tishi malum edi va futbolchilarimga raqibni qarshi hujumda jazolash lozimligini uqtirgandim. SHunday vaziyatlardan birida bo'lim so'nggida yana bir standart vaziyati yuzaga keldi va Farrux SHotursunovning goli bilan hisobdagi farqni ikkitga etkazdik. Ikkinchi bo'limda ham qarshi hujumlarda hisobni yanada yiriklashtirishimiz mumkin edi.

- Dinamo so'nggi o'yinlarda ochkolar yo'qotib, tushkun holatda edi. Buxoro esa Namangandan g'alaba bilan qaytib, kuchli beshlikka kirishga intilayotgandi. Ko'pchilik Buxoroning g'alabasiga ishonayotganda, dinamochilarni qay tarzda ruhlantira oldingiz?

- To'g'ri aytdingiz, ayniqsa So'g'diyonaga qarshi uy uchrashuvimizda ham 1:1 hisobidagi duranglar seriyasi davom etgach, o'yinlarimizni tahlil etib, barcha futbolchilar bilan vaziyatni muhokama qildik, gaplashib oldik. Har bir futbolchi bilan yakkama-yakka suhbatlashib, yigitlarning ruhiy holatini yaxshilashga intildik. Raqibdan cho'chimasliklari uqtirildi. Mashg'ulotlarga xam zo'r berib, ayniqsa standart vaziyatlar borasida ko'p ishladik. Aynan bu tayyorgarlik ushbu o'yinda samara berdi. G'alabamizni bizni qo'llab-quvvatlashda davom etayotgan muxlislarimizga bag'ishlaymiz.

- Dinamoning mavsumdagi ilk g'alabasi ham sizning jamoadagi birinchi o'yiningizga to'g'ri kelgan va o'shanda ham so'nggi daqiqalardagi yagona gol evaziga Buxoro mag'lub etilgandi. Aytingchi, o'shandan buyon jamoada nimalarni o'zgartirishga erishdingiz?

- To'g'ri, tarkib borasida ham, o'yinimiz borasida ham o'zgarishlar bo'ldi. Balki, natijamiz ham ijobiy tomonga o'zgargan bo'lishi mumkindir, ammo bu borada barqarorlikka hozircha erisha olganimiz yo'q. CHunki, yaxlit, barqaror jamoa tuzish uchun jamoa bilan 10 ta o'yin o'tkazish yoki 3 oyning o'zi etarli emas. Buning uchun kamida 2-3 yil kerak. Qisqa vaqtda barqaror jamoa tuzib bo'lmaydi. Buni muxlislarimiz ham to'g'ri tushunishlarini istardim. Muvaffaqiyatimiz uchun barcha - klubimiz rahbarlari, murabbiylar, futbolchilarimiz ham bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishmoqda. Bu yo'lda muxlislarimizning bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini so'rab qolardim.

- Oldinda Dinamoni ketma-ket uchta uchrashuvda Lokomotiv, Bunyodkor, Paxtakor bilan og'ir o'yinlar kutmoqda. Aytingchi, Dinamo chempionlik kurashiga tasir o'tkaza oladimi?

- Albatta, chempionlik taqdiriga tasir etishimiz mumkin. Avvalo, Dinamo keyingi turlardagi chempionlik uchun kurash olib borayotgan jamoalar bilan o'yinda ularning maqsadini emas, o'z vazifasi haqida o'ylaydi. Biz hozir 9-o'rinda bo'lsakda xavfli zonadan uzoqlashganimiz yo'q. SHunday ekan, o'z manfaatlarimiz yo'lida raqibimiz autsaydermi yoki chempionlik uchun kurashayotgan peshqadammi farqi yo'q, ochkolarni yutish uchun jon-jahdimiz bilan kurashamiz. Buxoroning safarda mag'lub etganimiz futbolchilarning o'z kuchlariga bo'lgan ishonchni yanada orttirdi. Raqibdan qo'rqmay o'z o'yinimizni namoyish etsak, qanday natija ko'rsatishimiz mumkinligini tushunishdi yigitlar. Oldimizda Lokomotiv, Bunyodkor va Paxtakorga qarshi o'yinlar kutib turibdi. O'ylaymanki, muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari yordamida Dinamo bu raqiblardan ham ochko tortib olishga kuchi etadi.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика