So’nggi yangiliklar

13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  0 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  2 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  6 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  15 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5

Ravshan Ermatov: "Vatan sharafini himoya qilish, uning obro'sini yuksaltirish katta baxt" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Vatan sharafini himoya qilish, uning obro'sini yuksaltirish katta baxt"

Kuni kecha Olimpiya shon-shuhrati muzeyida FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning yordamchisi Abdulhamid Rasulovni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda muhtaram yurtboshimiz tomonidan Ravshan Ermatovga “El-yurt hurmati” ordeni hamda qimmatbaho “Malibu” avtomashinasi berilgani elon qilindi.

SHundan so'ng FIFA hakami o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kamtarona mehnatlarimni Vatanimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlagan Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik izhor etaman", - deb gap boshladi Ravshan Ermatov. 

"Bunday etibor va g'amxo'rlik kelgusida yanada yuksak marralar sari rag'batlantiradi. Jahon chempionatida biz ne-ne ulug' allomayu mutafakkirlarga beshik bo'lgan buyuk yurt farzandlari ekanimizni, biz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo'lmasligimizni isbotlashni maqsad qilgandik va bu ezgu maqsadimizga etishganimizdan xursandmiz.

Uchrashuvlarni xatosiz boshqarishimizda xalqimiz, millionlab o'zbekistonlik futbol muxlislarining ishonchini oqlash masuliyati bizga katta kuch-g'ayrat bag'ishladi. Xalqaro maydonlarda Vatan sharafini himoya qilish, uning obro'sini yuksaltirish katta baxt. Futbol olamining eng nufuzli musobaqasi  jahon chempionatida O'zbekiston nomidan qatnashganimizdan faxrlanamiz. Xalqaro maydondagi bunday muvaffaqiyatimiz zamirida Prezidentimiz rahnamoligida sportni, jumladan, futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak etibor va g'amxo'rlik mujassamdir", - deydi Ermatov.


Kamoliddin Alimov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика