So’nggi yangiliklar

23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  4 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  362 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  1 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  0 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0

Ravshan Ermatov O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

Ravshan Ermatov O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, 19-23-noyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida CAFA U-15 turniri o'tkaziladi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

"Bugun CHig'atoy bazasida o'tkazilgan nazariy mashg'ulotiga O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

Server Jeparov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Har kunlik tayyorgarlikka zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyoti, vitaminizaciya va tiklanish jarayoniga jiddiy etibor qaratish zarurligi takidlandi.

Mazkur jamoa 2028 yilda Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga maqsadli va tizimli tayyorgarlik olib borishi, keyingi yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishi, shuningdek, 2023 yil o'tkaziladigan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi maqsad qilngan. 

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda kelajakda milliy terma jamoa safida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, sportimiz faxri bo'lishiga tilak bildirdi. Bu yo'lda ahillik, maydonda va undan tashqarida bir jamoa bo'lish, terma jamoa safida “men” emas, balki “biz” degan so'z ustuvor bo'lishi zarurligini etirof etdi", – deyiladi O'FA matbuot xizmati xabarida.

“Sizda kelajakda Olimpiya o'yinlari ishtirokchisiga aylanish imkoni bor. Ana shu orzuga etishish uchun hozirdan o'z oldingizga yuqori maqsad qo'yishingiz kerak. Bunga iroda, sabr, intizom kabi xislatlarni namoyish etib, eng muhimi, tinmay mehnat qilgan holda erishish mumkin”, – deya takidladi Ermatov.

Eslatib o'tamiz, vakillarimiz CAFA U-15 turnirida ishtirok etish uchun ertaga Dushanbe shahriga jo'nab ketishadi. Server Jeparov shogirdlarining dastlabki o'yini 19 noyabr kuni Eronga qarshi o'tkaziladi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика