So’nggi yangiliklar

23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:23ЖЧ-2026 саралаши. Болгария - Испания, Словакия - Германия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  2 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  3 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  9 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0

Ravshan Ermatov: "Markaziy Osiyoda milliy terma jamoalar o'rtasidagi musobaqa tashkil etishning vaqti keldi" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Markaziy Osiyoda milliy terma jamoalar o'rtasidagi musobaqa tashkil etishning vaqti keldi"

Bugun, 2 dekabr kuni butun Osiyo qitasi futbol jamoatchiligi diqqat-etibori Gonkongga qaratildi.

Boisi Osiyo futbol konfederaciyasi bugun 2019 yil yakunlariga ko'ra, qitaning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.

"The AFC Annual Awards-2019" oldidan bugun kunning birinchi yarmida Osiyo futbolini yanada rivojlantirish masalasi bo'yicha qator uchrashuv va tadbirlar ham o'tkazildi. Jumladan, Markaziy Osiyo futbol associaciyasiga azo mamlakatlar vakillari mintaqamizda futbol darajasini yanada oshirish, o'zaro aloqalar va hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish bo'yicha uchrashuv o'tkazdi. Qita va mintaqamiz futboli kelajagi muhokama etilgan uchrashuvda O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va endilikda milliy terma jamoalar o'rtasida ham mintaqa chempionatini tashkil etish vaqti kelganini bildirdi.

- Markaziy Osiyoda futbol darajasini yanada oshirish, mintaqa jamoalarining xalqaro maydondagi natijalarini yanada yaxshilashda azo futbol associaciyalar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash juda muhim jihat sanaladi. Futbol insonlarni do'stlashtiradi va birlashtiradi, bu borada O'zbekiston futbol associaciyasi qo'shni mamlakatlar bilan yanada yaqindan hamkorlik qilishga va o'zaro tajriba almashishga hamisha tayyor. SHu o'rinda, Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tomonidan turli yosh toifalarida mintaqa birinchiligi tashkil etilgani, biroq milliy terma jamoalar miqiyosida hamon turnir o'tkazilmaganini takidlash zarur. Agar milliy terma jamoalar o'rtasida ham shunday musobaqa yo'lga qo'yilsa, bundan associaciyaga azo mamlakatlarda yashovchi barcha futbol muxlislari birdek xursand bo'lishadi. Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari ishtirok etadigan musobaqa qita miqiyosida ham katta qiziqishga sabab bo'lishi tayin, - deya O'zbekiston tomoni bunday musobaqa tashkil etishda Markaziy Osiyo futbol associaciyasiga yaqindan ko'mak berishga tayyorligini va musobaqaga mezbonlik qilishdan mamnun bo'lishini bildirdi O'FA Birinchi vice-prezidenti.

Qayd etish lozim, bugun kunning ikkinchi yarmida OFKga azo barcha mamlakatlar delegaciyalari vakillari OFKning yil yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика