So’nggi yangiliklar

13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда ўз дарвозасидан гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон дунёдаги энг яхши мамлакат"  0 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  2 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  9 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  9 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  4 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  10 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2

Ravshan Ermatov: Futbolimiz islohotlar yo'lida Yangiliklar

Ravshan Ermatov: Futbolimiz islohotlar yo'lida

Dunyoning eng yaxshi hakami, FIFA referisi Ravshan Ermatov “Sport” telekanaliga bergan intervyusida O'zbekistonda hakamlarning saviyasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bugungi kunda O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan yurtimizda hakamlikni rivojlantirish, hakamlarimiz saviyasini oshirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yangi mavsum oldidan o'tgan davr mobaynida hakamlik borasida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, endilikda bu xato va kamchiliklarning oldini olish borasida aniq vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalarni o'z vaqtida sifatli tarzda bajarish uchun biz hakamlar masuliyatni his qilgan holda, qo'limizdan kelgan barcha harakatlarni amalga oshiramiz.  

SHuningdek O'zbekiston futbol federaciya prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan yangi mavsumda barcha hakamlar bir xil forma va ekipirovkada bo'lishlari, har bir hakamlar brigadasida o'yin davomida foydalanish uchun aloqa vositasi  - “Communication system” bo'lishi, maydonda jarimalar belgilanganda 9.15 metrni nazorat qilish spreylari va har bir inspektorga noutbuklar xarid qilinib, hakamlik va inspektorlikni jahon standartlari asosida amalga oshirilishi to'g'risida ko'rsatma berildi. Albatta bu chora-tadbirlar ham milliy chempionatimizda hakamlik sifatini oshishiga xizmat qilishi aniq.

Yodingizda bo'lsa, o'tgan mavsum o'yinlarida bahsli holatlar yuzaga kelsa, bosh hakam yordamchisi bilan muhokama o'tkazishi uchun 4-5 daqiqa vaqt sarflangan. Bu esa o'yin tempining tushishiga, uning tomoshabopligi yo'qolishiga olib keladi. Agar kommunikaciya aloqasi bo'lsa, bahsli holatlarda hakamlarning muhokamasiga 30-40 soniya etarli bo'ladi.


SHuningdek, hakamlar bir xil ekipirovkaga ega bo'lishi ham juda chiroyli holat. Ular O'FFning vakili sifatida uchrashuvlarga tashrif buyurishadi. Bu holat albatta, O'FF imidjining oshishiga ijobiy tasir ko'rsatadi.


Sprey haqida. Ko'p hollarda hakam “jonli devor” qaerda turishini belgilab berganidan keyin, “jonli devor”da turgan futbolchilar hakamga bildirmay bir-ikki metrga surilib olishardi. Keyin esa jarimadan yo'llangan zarbalar “jonli devor”ga tegib qaytgan vaziyatlarni ko'p ko'rganmiz. Hakam nazorat spreyiga ega bo'lsa, bu kabi holatlarning ham oldi olinadi. Jarimalardan kiritiladigan gollar ko'payadi va bu albatta muxlislarga manzur bo'ladi.

SHuningdek, hakamlar bir xil ekipirovkaga ega bo'lishi ham juda chiroyli holat. Ular O'FFning vakili sifatida uchrashuvlarga tashrif buyurishadi. Bu holat albatta, O'FF imidjining oshishiga ijobiy tasir ko'rsatadi.

O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan yo'lga qo'yilgan yana bir muhim yangilikni qayd etib o'tish zarur. Yangi mavsum oldidan milliy chempionatimizda faoliyat yuritadigan hakamlar xuddi klublar singari xorij yig'inini o'tkazishadi. Ular xorijda nazorat uchrashuvlarini boshqarib, mavsum boshlanishidan oldin tajribalarini oshirib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bunday yig'inlar hakamlarimiz saviyasi o'sishiga katta yordam berishi aniq.


Bunday  normativlarning joriy qilinishi bazi o'zini ustida ishlashni, o'zini qiynashni xohlamaydigan futbolchilarga yoqmasligi mumkin.


Kelasi mavsumdan boshlab formati o'zgargan Superliga ancha shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tishi kutilmoqda. SHu sababli hakamlarimiz bu o'yinlarga jismoniy jihatdan tayyor bo'lishlari kerak. Hakamlarning jismoniy holatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida O'zbekiston futbol federaciyasi yil mobaynida hakamlarni jismoniy holatini nazorat qilib borishni yo'lga qo'ymoqda. Hakamlarning o'z ustilarida ishlashlari ularda professional xususiyatlar shakllanishiga yordam beradi.

Normativlar bo'yicha

Futbol muxlislari pulini, vaqtini ajratib, 90 daqiqa tezkor tomoshabop o'yin ko'rish uchun stadionga kelishadi. Bazi o'yinlarda bazi futbolchilar oxirgi 10-15 daqiqada jismoniy jihatdan toliqib, maydonda piyoda yurib futbol o'ynashyapti. Tez charchab qolishyapti. Bu holat nafaqat milliy chempionatimiz tomoshabopligini kamaytiradi, balki terma jamoalarimizning xalqaro maydondagi o'yinlariga ham salbiy tasir ko'rsatadi.

Ana shu maqsadda O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan Superligada ishtirok etuvchi klublar futbolchilaridan normativlar qabul qilish yo'lga qo'yildi. Bunday  normativlarning joriy qilinishi bazi o'zini ustida ishlashni, o'zini qiynashni xohlamaydigan futbolchilarga yoqmasligi mumkin. Lekin bu narsa o'zbek futboli rivoji uchun albatta o'z samarasini beradi. Terma jamoalarimiz jismoniy jihatdan kuchli bo'lsa, Osiyo grandlari hisoblangan Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron kabi terma jamoalar bilan tengma-teng kurashib, xalqimizning azaliy orzusi bo'lgan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishiga turtki bo'ladi”, - deydi Ravshan Ermatov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика