Rasmiy xabar: Ivan Bubalo "Bunyodkor"dan ketdi
15 mar 2024 17:57
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Ivan Bubalo "Bunyodkor"dan ketdi
O'zaro kelishuvga ko'ra, xorvatiyalik mutaxassis Ivan Bubalo va uning murabbiylar shtabidagi yordamchilari bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati Ivan Bubalo va uning yordamchilariga minnatdorchilik bildiradi va murabbiylik faoliyatiga omad tilaydi!
Malumki, “Bunyodkor” 17 mart kuni Superliganing 3-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi maydonga tushadi. “Qaldirg'ochlarimiz”ni mazkur bellashuvga shu kunga qadar murabbiylar shtabida Ivan Bubaloga yordam berib kelgan Anvar G'ofurov tayyorlaydi. Anvar Xusainovich bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritadi.
Eslatib o'tamiz, Championat.asia sayti 13 mart kuni Ivan Bubalo ishdan ketganini elon qilgandi. Biroq o'sha kuniyoq "Bunyodkor" murabbiy ishdan ketmaganini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar