So’nggi yangiliklar

21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  0 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  58 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  15 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 20:25АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 0:1 (матнли трансляция)  17 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  5 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  29 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  28 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  7 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  6 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5

Rasmiy xabar. Abdusamad Do'rmonov lavozimidan ozod etildi Yangiliklar

Rasmiy xabar. Abdusamad Do'rmonov lavozimidan ozod etildi

Joriy yilning 1 dekabr kuni o'tkazilgan "Neftchi"-"Turon" uchrashuvidagi tartibsizliklar kelib chiqqan holat yuzasidan bugun "Neftchi" FK qarorgohida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishga Farg'ona viloyati hokimi H.H.Bozorov raislik qildi.

Yig'ilishda shuningdek,viloyat hokimining sport va turizm ishlari bo'yicha maslahatchisi H.Ahmedov, Farg'ona shahar hokimi o'rinbosari F.Abdillazov, Farg'ona NQIZ direktori o'rinbosari B.Mo'minov,"Neftchi" FK bosh direktori Z.G'ofurov hamda Farg'ona viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti N.Otaqo'zievlar qatnashdilar.

Viloyat hokimi H.Bozorov yig'ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o'tdi. Yig'ilishda takidlandiki,2020 yil 1 dekabr kuni o'tkazilgan "Neftchi"-"Turon" bellashuvida "Neftchi" jamoasi futbolchilarining o'yinni boshqargan hakamlarga nisbatan qilgan qo'polliklari tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida futbolga xos bo'lmagan holat bo'lganligi,"Neftchi" jamoasi masul xodimlari klub futbolchilarini o'yinga etarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo'l qo'yganligi,tartibsizlik keltirib chiqargan futbolchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko'rilganligi haqida gapirib o'tdi.

SHuningdek,kelgusida "Andijon" FK bilan bo'lib o'tadigan o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'rish hamda ijobiy natija ko'rsatish bo'yicha "Neftchi" futbol klubi masullariga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berib o'tdi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ham ko'rib chiqildi."Neftchi" FK masul xodimlari futbolchilarini o'yinga etarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo'l qo'yganligi uchun bosh murabbiy A.Durmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика