Rasman: Xoylund - "Ayntraxt" futbolchisi!
11 iyu 2024 12:03
Yangiliklar
Rasman: Xoylund - "Ayntraxt" futbolchisi!
"Manchester Yunayted" forvardining ukasi Oskar "Ayntraxt" futbolchisiga aylandi.
"Manchester Yunayted"ning daniyalik futbolchisi Rasmus Xoylundning ukasi Oskar Xoylund Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida nemis klubi o'z rasmiy saytida xabar berdi.
"Ayntraxt" 19 yoshli yarim himoyachi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. "Transfermarkt" malumotlariga ko'ra, "Ayntraxt" bu transfer uchun "Kopengagen"ga 1,35 million evro to'lab bergan.
Oskar Xoylund o'tgan mavsum katta futbolda debyut qildi va "Kopengagen" safida 23 o'yinda maydonga tushdi, jumladan ulardan 8 tasi ECHL bellashuvlari (ikkitasi saralashda va oltita o'yin guruh bosqichida).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar