Rasman: Ruslanbek Jiyanov - "Navbahor" o'yinchisi
31 dek 2023 21:53
Yangiliklar
Rasman: Ruslanbek Jiyanov - "Navbahor" o'yinchisi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'yinchisi Ruslanbek Jiyanov faoliyatini "Navbahor" klubida davom ettiradi.
Bizga malum bo'lishicha, Namangan klubi Jiyanovni "Pari NN"dan bir yilga ijaraga olgan.
"Mahoratli hujumchi Ruslanbek Jiyanov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
Biz Ruslanbek Jiyanovga "Navbahor"dagi faoliyatida omad yor bo'lib, chiroyli o'yinlari va gollari bilan "lochinlar"ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", — deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, Jiyanov 2023 yilning fevralida Rossiyaning "Pari NN" bilan uch yillik shartnoma imzolagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar