Rasman: O'zbekistonga ayollar Osiyo kubogi mezbonligi topshirildi
15 may 18:00
Yangiliklar
Rasman: O'zbekistonga ayollar Osiyo kubogi mezbonligi topshirildi
OFK ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogining 2026 va 2029 yillardagi mezbonlarini rasman elon qildi.
Bu haqda Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tgan OFK ijroiya qo'mitasi kongressida OFK prezidenti SHayx Salmon malum qildi.
Unga ko'ra, 2026 yilgi turnir Avstraliyaga topshirilgan bo'lsa, 2029 yilgi qita musobaqasi O'zbekistonda o'tkaziladi. O'z o'rnida, OFK prezidenti ushbu turnirlar yuqori darajada tashkil etilishiga ishonch bildirdi.
Mazkur marosimda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etmoqda.
Fikrlar