Rasman: Matich – "Roma" futbolchisi!
14 iyu 2022 20:40
Yangiliklar
Rasman: Matich – "Roma" futbolchisi!
Yarim himoyachi Nemanya Matich "Roma" o'yinchisiga aylandi, deb xabar berdi Rim klubi rasmiy sayti.
33 yoshli serbiyalik futbolchining Italiya jamoasi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Eldor SHomurodov bilan jamoadoshga aylangan yarim himoyachi "Roma"da 21-raqam ostida o'ynaydi.
Matich 2021/22 yilgi mavsumda "Manchester Yunayted" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Matich "Manchester Yunayted"da 2017 yilning iyulidan beri to'p tepib keldi. U avvalroq Joze Mourinyu qo'l ostida aynan MYU, shuningdek, "CHelsi"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar