Rasman: "Dinamo" Ratino bilan xayrlashdi. Futbolchining keyingi manzili aniq
10 dek 2025 23:35
Yangiliklar
Rasman: "Dinamo" Ratino bilan xayrlashdi. Futbolchining keyingi manzili aniq
Samarqandning "Dinamo" klubi o'z legioneri Francisko Ferreyra bilan xayrlashdi. Futbolchi ikki yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etadi.
"Barchasi uchun rahmat, Ratinio!
"Dinamo" jamoasi safidagi o'yinlari orqali muxlis va mutaxassislar etiboriga tushgan Ratino ikki yillik faoliyatidan keyin jamoamiz bilan xayrlashdi.
2024 yil boshida Braziliya quyi ligasidan jamoamizga kelib qo'shilgan Francisko Ferreyra ajoyib o'yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona oldi. Vadim Abramov boshqaruvida "Dinamo" etakchilaridan biriga aylangan braziliyalik yarimhimoyachi 2024 va 2025 yil yakunlariga ko'ra, ketma-ket ikki yil PFL tomonidan Superliga ramziy jamoasiga kiritildi. Jamoamizda liganing eng yaxshi legionerlaridan biriga aylangan Ratinio bilan amaldagi kelishuv nihoyasiga etgach, u o'z faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi.
"Dinamo" PFK Ratinioning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi. Ishonamizki, Samarqand – uning ikkinchi uyi bo'lib qoladi va «Dinamo» eshiklari uning uchun doim ochiq.
Hammasi uchun rahmat, Ratinio!", -deyiladi Samarqand klubi xabarida.
Malumot uchun, saytimizda 9 dekabr kuni Ratino "Neftchi"ga o'tishi xabar qilingandi. Futbolchi vodiyliklar bilan ikki yillik shartnomaga qo'l qo'ygan.
Breaking! Ratino faoliyatini vodiyda davom ettiradi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
"Реал" Арбелоанинг дебютида Сегунда клубига мағлуб бўлиб, Испания кубоги билан хайрлашди!
Идеал дебют: Кэррикнинг илк ўйинида "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"га ҳеч қандай имконият қолдирмади
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar
Qolganlar odam soni uchun Pul yuvush uchun ligioner olib keladi