Anri Saloh haqida: "Liverpul"da muammolar bo'lib turganda va o'zing natija ko'rsatmayotgan paytda faqat o'zing haqingda gapirish yaramaydi. Men "Barsa"da o'ynamayotganimda buni Pepning yuziga aytganman, ommaga emas. Jamoani himoya qilish kerak"
10 dek 18:49
Yangiliklar
Anri Saloh haqida: "Liverpul"da muammolar bo'lib turganda va o'zing natija ko'rsatmayotgan paytda faqat o'zing haqingda gapirish yaramaydi. Men "Barsa"da o'ynamayotganimda buni Pepning yuziga aytganman, ommaga emas. Jamoani himoya qilish kerak"
Francuz Salohning vaziyatini o'zining 2009/10 yilgi mavsumda "Barselona"dagi holati bilan taqqosladi, o'shanda u "Vilyarreal"ga qarshi o'yin tarkibiga kiritilmagan edi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" vingeri APL doirasidagi "Lids"ga qarshi o'yinni (3:3) to'liq zaxira o'rindig'ida o'tkazdi, u oldingi ikkita bahsni ham zaxirada boshlagan edi. Uchrashuvdan so'ng Saloh klub va bosh murabbiy Arne Slotni tanqid qildi: "Men klub uchun shuncha ish qildim, ular esa meni "avtobus tagiga itarishdi". Afrika Kubogi oldidan xayrlashaman – keyin nima bo'lishini bilmayman". 33 yoshli misrlik futbolchi ECHL doirasidagi "Inter"ga qarshi bahs (1:0) qaydnomasiga kiritilmadi.
"Hech kim Mo Salohning futbolda nimalarga erishgani haqida gapirayotgani yo'q. Biz, mening nazarimda, u xato qilgan vaziyatlar haqida gaplashyapmiz. Jamoada muammolar bor paytda o'zining shaxsiy vaziyati haqida ochiqchasiga gapirish mumkin emas.
Buni kiyinish xonasida qilish kerak. Men shunday qilganman. Kiyinish xonasiga kirib, hamma narsani ostin-ustun qilganman. Murabbiy xonasiga borib shikoyat qilganman.
Men "Barselona"da bo'lganimda, jamoa bilan birga yurardim, meni esa tribunaga o'tqazib qo'yishardi. Bu haqda gapirganimni eshitganmisiz? Yo'q... Bungacha biz treblni yutgandik, lekin men yaxshi natija ko'rsatmayotgandim, agar yaxshi natija ko'rsatmasang, boshqa birovga imkoniyat yaratasan.
O'shanda men bordim, stadionga keldik va men tribunada o'tiribman. Men shovqin ko'tarib, etiborni o'zimga qaratamanmi, matbuot bilan gaplashamanmi? Men o'yinda ko'p narsaga erishganman, lekin jamoa birinchi o'rinda. Agar biror narsa aytishim kerak bo'lsa, shunday qildim. Men [murabbiy] Pep [Gvardiola]ga bo'layotgan voqealar haqida nima o'ylayotganimni aytdim, lekin omma oldida emas.
O'z jamoangizni himoya qilishingiz kerak – har qanday holatda, doimo. Men uning gapirish istagini, hafsalasi pir bo'lganini tushunaman. Lekin buning qanday va qachon qilinganini tushunmayapman. Men uchun bunda mantiq yo'q. Bu noto'g'ri bo'ldi, odamlar munosabatlar haqida gapirganda, murabbiy futbolchidan istaydigan yagona narsa – u yaxshi natija ko'rsatishidir.
Agar natija ko'rsatmasang, o'rning xavf ostida qoladi. Ayniqsa "Liverpul" kabi klubda bu o'rinni egallash senga kafolatlanmagan... Bu yana uning nimalarga erishgani bilan bog'liq emas. Takrorlayman – men Mo Salohni yaxshi ko'raman. Uning futbolda qilgan ishlari menga yoqadi. Bu boshqa mavzu, chunki bunday narsalar haqida bu tarzda gapirish qabul qilinmagan", – dedi Anri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar
(Ronalduga ham messiga ham qoʻyganim bor) xD!!!
Ёдингизда бўлса, шу мавсум аввалида ҳам Жаҳонгирга четдан бир қанча таклифлар бўлган, бироқ якунда футболчи “Динамо”да қолганди. Бу сафар энди бундай бўлмаса керак ва иқтидорли ҳимоячининг фаолиятида катта эҳтимол билан янги саҳифа очилади. Бу борада унинг агентлари қаттиқ ишлашяпти.
Амалда “Динамо” билан яна шартномаси бўлган ушбу ўйинчига четдан аниқ ва жиддий таклифлар мавжуд. Sports.uz га маълум бўлишича, кўплаб вариантлар орасида Франциянинг “Нант” ҳамда Германиянинг “Боруссия Мюнхенгладбах” клублари асосий даъвогарлар бўлиб туришибди. Улар аллақачон Жаҳонгир Ўрозовни кўз остиларига олиб қўйишган ва шу сабабли уни “Динамо”дан сотиб олишга тайёр туришибди. Бу ёғи нарх-навосининг қай тарзда келишишига боғлиқ. Шуниси аниқки, Самарқанд клуби бу ўйинчи орқали яхшигина даромадга эга бўлади.
Шунингдек, Ўрозовга Украина премьер-лигасида “Шахтёр” билан биргаликда пешқадамлик қилиб келаётган “ЛНЗ Черкас” клуби ҳам қизиқиб қолган. Бироқ футболчининг агенти мижозини фақат Европанинг топ 5 чемпионатларидан бирига йўл олиши борасида ҳаракат қилишаётгани маълум бўлди.
Дарҳақиқат, Жаҳонгир якунига етган мавсумни ҳам юқори даражада ўтказа олди. У бу йил чемпионат ва Кубок доирасида 32 та учрашувда майдонга тушди. 1 та гол урди ва 2 та голли пасни бажарди. У энг яхши футболчиларидан бири бўлди ва йилнинг рамзий терма жамоасидан ҳам ўрин эгаллади. Таъкидлаш лозимки, футболчи Вадим Абрамов қўл остида янада ўсди.
Январь ойида Жаҳонгирни Европанинг таниқли клубларидан бирида кўрсак ажаб эмас. Воқеалар ривожини кузатиб борамиз.
Eee turqingga eshshak S****n sen hezalakni